So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

Biz bilan doim shunaqa bo'ladi. Nega? Yangiliklar

Biz bilan doim shunaqa bo'ladi. Nega?

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Kecha Osiyo o'yinlarida sportning futbol turi bo'yicha final o'tkazilganidan so'ng xabar tagida qoldirilgan "komentlar"dan biri etiborimni tortdi.

Saytimiz o'quvchilaridan biri Janubiy Koreya bizni mag'lub etganidan so'ng chempion bo'lishini sezgandim deb yozibdi. Aslida 3:4 hisobida yutqazib qo'yganimizdan keyin ko'pchilik shunday xayolga borgan bo'lsa kerak. Ochig'i, o'zim ham bizni mag'lub etgan jamoa finalga chiqadi deb kutgandim. Faqat raqib Yaponiya bo'lgani uchun koreyaliklarning g'alabasini yuz foiz taxmin qila olmasdim. Ammo ular buni uddalashdi.

Musobaqa boshlanmasidan oldinoq tilga tushgan Son Xyong Min u qildi bu qildi, oxiri chempion bo'lib "armiyadan" qutilib qoldi. Qandini ursin! SHunday qilib Janubiy Koreya ketma-ket ikkita Osiyo o'yinlarida g'olib chiqdi. Bundan to'rt yil oldingi musobaqada ular KXDRni mag'lub etib chempion bo'lishgandi, bu yil esa Yaponiyadan ustun kelishdi.

Mayli, gap bu haqda emas. Ularning chempionligi o'z yo'liga. Biz esa o'z muammolarimizni o'ylashimiz kerak. Meni bir narsa anchadan beri o'ylantirib keladi: nima uchundir ko'p musobaqalarda bizni yutgan jamoalar keyinchalik yo finalda o'ynaydi yo chempion bo'ladi. Masalan, 2014 yil Ummonda o'tkazilgan U-22 Osiyo chempionatini olaylik. Guruhimizda Iroq bilan Saudiya Arabistoni bor edi. Ikkala jamoa ham guruhda bizni mag'lub etgan va yakunda aynan shu ikki jamoa musobaqa finalida o'ynab, Iroq chempion bo'lgan.

Yoki bo'lmasa ikki yildan so'ng Qatarda o'tkazilgan U-22 Osiyo chempionati esingizdami? Bunda ham biz bilan guruhda kurash olib borib bizni mag'lub etgan Janubiy Koreya finalga chiqqan-u, lekin Yaponiyaga 2:3 hisobida yutqazib qo'yib ikkinchi o'rinni olgandi. Xullas nima qilib bo'lsayam finalda o'ynagan.

Bunday holat Osiyo o'yinlarida ham ro'y bergan. Bilasizmi, shu paytgacha Osiyo o'yinlarida bizni mag'lub etgan 6ta jamoadan beshtasi finalda o'ynagan. 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida biz g'olib chiqqanmiz. Afsuski, bu yil shu natijani takrorlay olmadik. 1998 yil chorak finalda Eron bizni 4:0 hisobida yutib keyinchalik chempion bo'lgan. 2002 yil Yaponiya guruhda bizni mag'lub etgan va finalgacha borgan, biroq Eronga yutqazib qo'ygan.

2006 yil O'zbekiston chorak finalda Iroqqa imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan. Iroq finalgacha etib borgan. 2010 yil esa BAA guruhda bizni mag'lub etgan va keyinchalik bu jamoa ham finalda o'ynagan. Hartugul 2014 yil bizni mag'lub etgan jamoa finalgacha bora olmagan. Lekin orada bir martalik tanaffusdan so'ng bu yil yana shu voqea ro'y berdi. Bizni chorak finalda chiqarib yuborgan Janubiy Koreya oxiri finalda o'ynab chempion bo'ldi.

Xullas, qachon qarama turli musobaqalarda biz bilan shunday voqea ko'p takrorlanadi. Nuqul bizni yutgan jamoalar finalga chiqaveradi, bazilari hatto chempion bo'ladi. Nega biz bilan doim shunaqa bo'ladi? Ochig'i, bu savolning javobi menda yo'q.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика