So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Qizil kartochka, ehtimoliy penalti va chetlatish. "Alyo, ref!" hakamlarning O'zbekiston - Eron uchrashuvidagi qarorlarini tahlil qildi Yangiliklar

Qizil kartochka, ehtimoliy penalti va chetlatish. "Alyo, ref!" hakamlarning O'zbekiston - Eron uchrashuvidagi qarorlarini tahlil qildi

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) O'zbekiston va Eron terma jamoalari o'rtasidagi Cafa Nations Cup finalidagi epizodlarni tahlil qildi.

Eronlik o'yinchi raqibning himoyalanmagan oyoq qismining orqasiga butsining "tishlari" bilan zarba berdi. Ushbu vaziyatda raqibga jiddiy jarohat etkazilishi mumkin edi. Qo'pollik o'yin boshida bo'lganiga qaramay, menimcha, hakam yagona to'g'ri qaror qabul qildi va qoidabuzarga qizil kartochka ko'rsatdi.


Eronlik hujumchi kichik "kontakt"ni his qildi va tezda maydonga yotib oldi. Ushbu vaziyatda o'zbekistonlik himoyachining harakatlari raqib futbolchisining yiqilishi uchun sabab bo'lmaydi. Haqiqiy o'yinda bo'ladigan epizod. Hakam bu erda penalti belgilamasdan to'g'ri qaror qabul qildi.




Bu vaziyatda hakam O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga penalti belgilab, xatoga yo'l qo'ydi. Darvozabon hech qanday qo'pol xatti-harakatni amalga oshirmadi, hujum qilayotgan o'yinchini kutib olish uchun tashqariga chiqadi. Eronlik o'yinchi kontaktni boshlaydi - uning o'zi oyog'ini darvozabonning oyoqlari orasiga "yopishtirdi", shundan so'ng u yiqiladi. VAR to'g'ri aralashdi va hakamni videotakrorni ko'rib chiqishga taklif qildi. Shundan so'ng bosh hakam penaltini bekor qilib, xatosini tuzatdi. To'g'ri qaror - o'yinni davom ettirish.




Ushbu vaziyatda O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi eronlik hujumchiga nisbatdan qo'pollik ishlatdi. Biroq ushbu vaziyatda o'zbek futbolchisining yana biri maydonning markaziy o'qiga yaqinroq va o'z darvozasi chizig'iga yaqin edi. Shu sababli ushbu vaziyatda VAR to'g'ri aralashdi. VARni ko'rgan hakam ushbu holatni ko'rdi va qizilni bekor qildi. Ushbu vaziyatda hakam qizil emas, balki sariq bergani to'g'ri qaror edi.




Uchrashuv hakami mutlaqo to'g'ri qaror qabul qiladi. Ushbu vaziyat biz ko'rib chiqqan 2-vaziyatga o'xshaydi. Eronlik himoyachi raqib futbolchisining yiqilishi uchun hech qanday qo'pollik ishlatmadi. O'zbekistonlik futbolchi esa kichik kantaktni his qildi va tezda maydonga yotib oldi. Menimcha, to'g'ri qaror - o'yinni davom ettirish.




Keling, ushbu epizodning ikki bosqichini xronologik jihatdan ko'rib chiqaylik. Birinchidan, hakam jarima maydonchasiga kiraverishdagi duelni to'g'ri baholadi: o'zbekistonlik futbolchi hech qanday holatda qoida buzmadi, raqib bilan dueldan keyin ham oyoqqa turib, to'pga egalik qilishda davom etmoqda. Keyin u jarima maydonchasiga kirib bordi, u erda eronlik himoyachi unga nisbatan qoidani buzadi, ehtiyotsizlik tufayli qoidabuzarlik qiladi. Himoyachi to'pga o'ynamadi va raqibni yiqitadi. To'g'ri qaror - penalti tepish.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика