So’nggi yangiliklar

23:10Италия - Исроил баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 23:06Бельгия - Франция. Асосий таркибда кимлар бор?  0 23:03Германия - Нидерландия. Таркиблар билан танишинг  0 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  3 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  4 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  10 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  7 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  18

"Bitta ham o'yin o'tkazmagan buyuk futbolchi". Buyuk firibgar haqida Yangiliklar

"Bitta ham o'yin o'tkazmagan buyuk futbolchi". Buyuk firibgar haqida

Teglar :  Karlos Kayzer
Ayyorlik va aldov - har vaqt futbolning bir qismi bo'lib kelgan, ko'p hollarda bu yaxshi tomonga xizmat qilgan.

Murabbiy ochiqdan ochiq aldayotganiga ham, futbolchiga klubiga sodiqman deb Xitoyga ketayotganiga ham ajablanmay qolganmiz. Kichik yolg'on va biroz ishlatilgan sanat - hech qanday etiborga olinmaydi, biroq buyuk yolg'onchi Karlos Kayzer haqida gapirar ekanmiz, bendercha aql-zakovat tufayli u boshqalarda yo'q jihatlari borligini ko'rsatgandi.

Reposo - Kayzer kabi mashhur va ajoyib futbolchilardan biri edi. Jilberto Alvesning gaplariga ko'ra, u "butsa kiymasdan futbolchi" bo'lganlardan biri bo'lgan. U antifutbolchi edi.

Kayzer bir necha top-jamoalarda o'ynagan - "Flamengo", "Fluminense", "Botafogo", "Vasko Da Gama". U shuningdek, horij jamoalarida: Franciya, Meksika, Saudiya Arabistoni va AQSH kabi davlatlar chempionatlarda ham faoliyat olib borgan.

"Faoliyat olib borgan" so'zi bu erda juda kuchlilik qiladi. U borgan bir necha jamoalarida shunchaki rasmiyatchilik uchun, hujjatlarda bo'lgan, ammo maydonga tushmagan.

U BUNI QAY TARIQA UDDALAGAN?

Hozir bunga ishonadiganlar kam. Biroq hozirda biz internet zamonida yashayapmiz va barchasini ikki-uch bora tekshirib ko'rishimiz mumkin. Klublar futbolchining tarixi borasida barcha malumotlarni yaxshi biladi. Ammo, 80-yillarda barchasi boshqacha edi. Hayotiy tarix borasidagi ko'p elementlar tumanning ortida qolib ketardi yoki nimalardir etishmasdi.

Umuman olganda, Kayzerning uslubi anchagina oddiy bo'lgan. U o'ziga klublar taklif qilgan ko'zga ko'ringan futbolchilar bilan do'stlashgan. Ishda o'zini ko'rsatish kerak bo'lsa, barchasini to'g'ri qilgan. Murabbiyning ko'ziga yaxshi ko'ringan. Bu esa kichik muddatli shartnoma tuzish uchun etarli edi.

Bir tomondan uning metodi Joze Mourinonikiga o'xshash: portugaliyalik murabbiy raqibni nazorat qilsa ham, xatosini kutadi. Kayzer esa kam o'yinga tushadi va shu orqali barchani aldash uchun imkoniyatni ko'paytirib oladi.

Kayzer yaxshi sportchi bo'la olmagandir, ammo uni dangasalikda ayblab bo'lmasdi. U manerizmni yaxshi o'qigan, o'zi ko'rishgan futbolchilarning gaplashish va kiyinish uslubini o'zlashtirib olgandi. U haqiqiy yulduz edi. U mag'rurlarcha kelajakka qarardi va uning butun borlig'i shunday derdi: "Men Karlos Keyzer, hurmatimni joyiga qo'y". U professionallar kabi gapirardi, bu shunchalar ishonarli ediki, odamlar aldanganini sezmasdi. Ular bilan Pele yoki Karlos Alberto Torres gaplashayotgandek bo'lardi", - deb eslaydi Maurisio.

Bazida u o'z sanatiga juda ishonib yuborardi.  Karlos shunchaki boshqalarning hususiyatini o'g'rilab olardi, balki ular kabi bo'lardi. Misol uchun uning soch turmagi o'sha yillarda moda bo'lgandi.

"Hayot - bu marketing. Mening atrofim superyulduzlar bilan o'ralgan. Men qanday gapirishni, imijni o'zgartirishni bilib oldim. Franciyada, "Flamengo" va "Fluminense"da o'ynab yurganimda, meni Bebeto va Karlos Alberto bilan do'stlashgan deb o'ylashadi. Ammo men Messi va Bekxem kabiman. Messi "sotilmaydi" - u to'g'ri gapirishni ham bilmaydi. Kayzer esa biladi. Men Braziliyada ko'plab teleko'rsatuvlarda qatnashganman va butun dunyoning etiboriga tushganman. Barchasi - xarizm".

Kayzer ko'pincha boshqalarning ko'rinishini "ko'chirib olgan holda o'ziga qiziqtirib qo'yardi. Misol uchun, ko'p hollarda uning "qurboni" Renato Gausho bo'lardi, chunki uning yonida ko'p birga bo'lardi. Kayzer kechki barlardagilarni qiziqtirib qo'yganida, Gausho ko'chada o'tirardi, chunki unga Kayzer kabi ishonishmasdi. Kayzer ayollar bilan uxlasa, Gaushoni aybdor qilib qo'yardi va u mish-mishlar ostida qolib ketarli. "Original"ni to'lqinlantirib bo'lmasdi: "U hech kimni o'ldirmasa va aldamasa, men xotirjam bo'lib yuraveraman. Rafiqam bilan ko'plab muammolar bo'lardi, biroq u mening ayollar bilan yurmasligimga ishonardi".

Gausho kam sonli insonlardan biri edi. 1985 yilda "Gremio"ning yosh himoyachisi Enrike g'alaba golini kiritdi. Mamnuniyat bilan Kayzer uning xizmatlarini o'ziga oladi, bunda u Enrikening tanasi rangiga etibor bermadi. Gazetalar u va Keyzer haqida yozardi.

SHuningdek, uning o'zi ham Enrike haqida maqolalar yozardi va o'zi bilan olib yurardi. Ammo jurnalistlar u haqida kamroq yozib, futbolchini tanqid qilaverardi. Hatto u "o'zining" gollari videosini tomosha qilib, g'azablanardi. U 1987 yilda Enrikening "Flamengo"ga qarshi o'tkazgan o'yinini juda ko'p maqtadi. Baland bo'yli, ozg'in va soch turmagi tufayli u kichik Kayzerga juda ham o'xshardi.

Firibgar? Balki. Umuman olganda Kayzer hech qachon kimnidir aldashni istamagan yoki nopok yo'llar bilan mashhur stadionlarni "bulg'agisi" kelmagan. U hech qaerda futbol o'ynagisi kelmagan va bu o'ziga yoqardi. Ammo u shartnomada ko'rsatilgan maoshni qurtdek sanab olardi.

Karlos "futbolchi" bo'lsa ham, o'yinlarda tushmasdan faoliyatini o'tkazgani borasida kitob yozsa bo'ladi. U buyuk futbolchi bo'lmagan, ammo, boshqalarning uslubini o'zlashtirib, "muvaffaqiyat"larga erishib yurganyu Bunday yolg'onchi dunyoda Karlos kabi firibgar futbolchilar bo'lmasin.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика