Anchelotti Neymarning Braziliya termasiga nega chaqirilmaganini izohladi
04 sen 12:00
Yangiliklar
Anchelotti Neymarning Braziliya termasiga nega chaqirilmaganini izohladi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Santos" forvardi Neymarning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlar uchun milliy jamoaga chaqirilmagani haqida fikr bildirdi.
9 va 14 sentyabrda braziliyaliklar Chili va Boliviyaga qarshi maydonga tushadi. Hozirda 33 yoshli Neymar Saudiya Arabistonidan qaytgach, vatanida to'p tepmoqda.

"Bu texnik qaror, bu Neymarning sog'lig'i bilan bog'liq emas. Albatta, istedod jihatidan Neymar ko'pchilikdan ustun, ammo biz ko'p omillarni hisobga olamiz. Braziliya termasiga davogar taxminan 70 nafar futbolchi bor. Muhimi – muvozanatni saqlash", – deya Anchelottining so'zlarini keltirdi insayder Alfredo Pedulla sayti.
Eslatib o'tamiz, Braziliya JCH saralash bosqichi doirasida ertaga Chili bilan, 10 sentyabr kuni Boliviya bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar