MYU 115 mln funtlik transferdan voz kechdi
16 avg 15:02
Yangiliklar
MYU 115 mln funtlik transferdan voz kechdi
"Manchester Yunayted" Karlos Balebaning transferidan voz kechdi.
Mankunianliklar ushbu transfer oynasida "Brayton"ning 21 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirayotgan edi.
"Manchester Yunayted" avvaliga vositachilar orqali "Brayton" bilan muzokara o'tkazdi, keyin esa klublar to'g'ridan-to'g'ri muloqot qildi.
Biroq, "Brayton" yozda Karlos Balebani sotmoqchi emasligini va uni kamida yana bir mavsum jamoada olib qolishni rejalashtirayotganini malum qildi.
Bundan tashqari, "Brayton" futbolchi uchun 115 million funt miqdorida mablag' belgilagan. Bu "Manchester Yunayted" to'lashga tayyor bo'lgan summadan ko'proq.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar