So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  1 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Birinchi liga, "SHarq". May oyining eng yaxshi o'yinchisi - Isroil Tursunov Yangiliklar

Birinchi liga, "SHarq". May oyining eng yaxshi o'yinchisi - Isroil Tursunov

Biroz avval birinchi liganing may oyidagi eng yaxshi murabbiyi Aleksandr Mochinov bo'lgani haqida malumot berib o'tgandik.
Endigi navbat birinchi liganing "SHarq" mintaqasida ishtirok etayotgan o'yinchilarni aniqlash. "SA" talqiniga ko'ra, may oyining eng yaxshi o'yinchisi Isroil Tursunov bo'ldi!

Zukko o'quvchilarimiz yaxshi bilishsa kerak, "Istiqlol"ning ushbu hujumchisi aprel oyida ham eng yaxshi o'yinchi bo'lgandi. Saytimiz ijodkorlari may oyida ham eng yaxshi deb yana Tursunovni munosib ko'rdi. Ushbu hujumchi ortda qolgan oy davomida jamoasi uchun 7ta gol kiritdi. Albatta o'rtamiyona jamoa safida o'ynab ham raqiblar darvozasini 7 bor ishg'ol etish yaxshi natijadir. Qolaversa andijonlik futbolchi "SHarq" mintaqasida to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi.

Keyingi o'ringa "Xotira-79" posboni Lochin Dolimovni qo'ydik. CHunki bu yil peshqadamlarga jiddiy tashvish tug'dirayotgan Uychi jamoasi tarkibida Dolimov munosib o'yin ko'rsatmoqda. "Xotira-79" may oyida o'tkazilgan 6ta bahsda 3ta to'p o'tkazib yuborganini ko'ramiz. SHundan bittasi aynan Dolimov o'ynagan uchrashuvda kiritilgan. To'g'ri, kam gol o'tkazayotgan "Xotira-79"da faqat darvozabonlarnigina maqtab bo'lmaydi. Ularning oldida turgan mudofaa chizig'i vakillari ham puxta o'ynayotganiga urg'u berib o'tish kerak. Jamoada Maqsud Hayitov, Bahrom Yuldashev singari oliy liga saviyasidagi himoyachilar bor ekan, tabiiyki bu darvozabonlarga ham engillik tug'diradi.   

May oyining eng yaxshi o'yinchisi uchligini Abdurazzoq Jo'raev yakunlab berdi. "Kosonsoy" hujumchisida ham tajriba katta ekanligi bois birinchi ligada o'zini ko'rsatishga erishmoqda. Ilgari oliy liga klublari sharafini himoya qilgan namanganlik futbolchi joriy mavsum "Kosonsoy" muvaffaqiyatlariga katta xissa ko'shib kelmoqda. Jo'raev may oyida raqiblar darvozasiga 6ta to'p kiritdi. Bu har bir o'yinga o'rtacha bittadan gol demakdir.  

May oyining eng yaxshi o'yinchisi
1. Isroil Tursunov - "Istiqlol"
2. Lochin Dolimov - "Xotira-79"
3. Abdurazzoq Jo'raev - "Kosonsoy" 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика