So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  1 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Birinchi liga, G'arb. May oyining eng yaxshi murabbiyi Muxtor Qurbonov Yangiliklar

Birinchi liga, G'arb. May oyining eng yaxshi murabbiyi Muxtor Qurbonov

Birinchi liganing "G'arb" mintaqasida ham may oyining eng yaxshi murabbiyini aniqladik.
Unga ko'ra ortda qolgan may oyida yaxshi natija qayd etgan "SHo'rtan" jamoasi bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov bu safar g'olib chiqdi. Sababi shuki, g'uzorliklar oliy liga sari dadil qadam tashlamoqda. Jamoa may oyida ham birorta marotaba mag'lubiyatga uchramadi. Qurbonov jamoasi may oyida 5ta o'yin o'tkazdi va ularning barchasida g'alaba qozondi! Ushbu uchrashuvlarda g'uzorliklar yirik g'alabalarni qo'lga kiritdi. Jamoa hammasi bo'lib 5ta bahsda 16ta gol urishga erishdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtcha miqdorda 3tadan gol demakdir. Bundan ko'rinib turibdiki, "SHo'rtan"da sermahsullik joyida.

2-o'ringa esa Spartak Murtazoevni munosib deb bildik. Jizzaxlik yosh murabbiy futbolchilikni yakunlab "Zomin"da murabbiyik sohasini boshlab yuborgandi. Spartak Suyunovich bu yil "Zomin"ni kurashchan jamoaga aylantira oldi. Uning jamoasi may oyida 6ta o'yinda maydonga tushdi. SHundan 4tasida o'z hisobiga uch ochko yozdirib qo'ydi. Bir o'ynda durang qayd etib, qolgan yana bir uchrashuvda raqibiga imkoniyatni boy bergan.

Jami 13 ochko yig'gan "Zomin" 12-turdan so'ng turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Tabiiyki bunda Spartak Murtazoevning o'rni katta.

Nematulla Qutiboev aprel oyida ham eng yaxshi murabbiylar qatoridan joy olgandi. Nukusliklarning bu yilgi mavsumda ijobiy natija qayd etmoqda deyish mumkin. Kamtarona sharoitdan kelib chiqib, ishlayotgan qoraqalpoq o'g'loni mahalliy yoshlarni etishtirib, ularni yuzaga chiqarmoqda. "Orol" jamoasi may oyida 6ta o'yin o'tkazib, jami 7 ochko jamg'ardi. 12-turdan keyin esa jamoa turnir jadvalida 4-o'rindan joy egalladi.  
 
May oyining eng yaxshi murabbiyi
1. Muxtor Qurbonov - "SHo'rtan"
2. Spartak Murtazoev - "Zomin"
3. Nematulla Qutiboev - "Orol" 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика