So’nggi yangiliklar

01:45Дунёнинг энг қиммат ярим ҳимоячилари эълон қилинди: Беллингем ва Педри нечанчи ўринда?  0 01:19"Реал" сардори яна жароҳат олди  1 00:47"Реал" Винисиусни "Эл Классико"даги реакцияси учун жазолайдими?  1 00:13Суд "Барселона"дан Негрейра билан тузилган шартномаларнинг оригинал нусхаларини талаб қилди, аммо улар ҳозирча топилмади  4 23:45Суперлига. "Сурхон" – "Андижон" 4:0  0 23:29Винисиус Алонсонинг "иши"дан сўнг "Реал"ни тарк этмоқчи  8 22:50"Ювентус" янги бош мураббий борасида музокараларни бошлади  4 22:19Февзи Давлетов: "Мағлубиятли сериямиз қачондир тугаши керак эди"  3 21:58Акмал Шораҳмедов: "Бизда ротация қийин бўляпти. "Андижон"да 10-12 нафар кучли футболчи бор"  24 21:39"Реал"дагилар Лунин нега майдондан четлатилганини тушунишмаяпти  4 20:49АПЛда бунақаси сўнгги 10 йилда биринчи марта содир бўлди  6 20:23Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди  89 19:49Инфантино ASEAN Кубогини тақдим этди  1 19:25"Бухоро" "Пахтакор"дан реванш оладими ёхуд "шалпангқулоқ" кимга насиб этади?  18 19:11Россия терма жамоаси футболчисини ўғирлаб кетмоқчи бўлишди  0

Bir o'yin tarixi. "CHelsi" - "Barselona" 4:2 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. "CHelsi" - "Barselona" 4:2

Evropa milliy chempionatlari to'xtagan paytda yaqin yillarda bo'lib o'tgan eng qiziqarli o'yinlarni yodingizga solishda davom etamiz.

Evropa chempionlar ligasi 2004/2005 yilgi mavsumida Joze Mourinyu boshchiligidagi "CHelsi" Frank Raykard boshchiligidagi "Barselona" bilan nimchorak finaldayoq to'qnash kelgan. Kataloniyada o'tgan dastlabki bahsda "Barselona" 2:1 hisobida g'alabaga erishgan. Javob bahsidan oldin "CHelsi"dagi eng asosiy yo'qotishlar Dide Drogba (birinchi o'yinda qizil kartochka olgan) va Aren Robben (jarohat) edi. "Barselona"da yo'qotish himoyachi Rafael Markes (jarohat) edi. Birinchi o'yin qahramoni Maksi Lopez yana zaxirada qoldirilgandi.

Uchrashuv mezbonlar uchun ajoyib boshlandi. 8-daqiqada o'ng qanotdan Matea Kejman tomonidan uzatilgan to'pni islandiyalik hujumchi Eydur Gudonsen darvozaga joylab qo'ygandi - 1:0.

17-daqiqada Jo Koul o'ng qanotdan oldinga o'tdi va darvozaga zarba beradi, Valdes qiyinchilik bilan to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Lempard yaqin masofadan darvozaga yo'lladi - 2:0.

Oradan ikki daqiqa o'tgach yana Jo Koulning ajoyib pasidan keyin Damyan Daff birga bir vaziyatda Valdesni ojiz qoldiradi - 3:0. "Stemford Bridj" stadioniga kelgan 40 mingdan ziyod muxlislar va "Barselona" futbolchilari ham nima bo'layotganiga tushunishmayotgandi.

27-daqiqada Beletti to'pni havodan raqib jarima maydoniga uzatadi, bu vaziyatda Paulu Ferreyra to'pni qo'li bilan o'ynaydi va Kollina ikkilanmay penalti belgilaydi. Petr CHex Ronaldinyuning zarba yo'nalishini topdi va to'p uning qo'llarining uchiga tegib baroibir darvozaga borib tushdi - 3:1. Bu hisob ham "CHelsi"ni keyingi bosqichga olib chiqar edi.

Biroq taym so'nggida "braziliyalik sehrgar" so'nggi yillarning eng chiroyli gollaridan birini uradi. Taxminan 20 metr masofadan Ronaldinyu hech kim kutmaganda to'pni butsasining uchi bilan darvozaga joylab qo'yadi - 3:2. Petr CHex xatto to'pga tashlanmaydi ham. Endi vaziyat o'zgargandi, mazkur hisob "Barselona"ni chorak finalga olib chiqardi.

Ikkinchi taymda jamoalar ehtiyotkor futbol namoyish etishadi. 76-daqiqaga kelibgina hisob o'zgaradi. Burchakdan uzatilgan to'pni "aristokratlar" sardori Jon Terri boshi bilan darvozaga yo'llaydi - 4:2. Qizig'i TV operatorlar o'sha burchak to'pidan oldin Terrini namoyish etishgandi, biroq "Barselona" himoyachilari uni yopishga ulgurishmaydi. Bu hisob "CHelsi"ni chorak finalga chiqishiga etarli edi.

Qolgan vaqtda tabiiyki "Barselona" ko'proq hujum qildi, biroq hisob o'zgarmay qoldi va "CHelsi" keyingi bosqichga chiqdi.

O'sha yil "CHelsi" yarim finalga qadar etib borgan va "Liverpul"ga mag'lub bo'lib musobaqani tark etgandi.



"CHelsi" - "Barselona" 4:2

8 mart 2005 yil. London. "Stemford Bridj" stadioni. 42450 tomoshabin.

Bosh hakam
: Perludji Kollina (Italiya).

Gollar: Gudonsen 8, Lempard 17, Daff 19, Terri 76 - Ronaldinyu 27 (penalti), 38.

"CHelsi":
Petr CHex, Paulo Ferreyra (Glen Jonson, 51), Rikardo Karvalyu, Jon Terri, Uilyam Gallas, Klod Makalele, Frenk Lempard, Jo Koul, Damyan Daff (Robert Xut, 85), Eydur Gudonsen (Tiago, 78), Mateya Kejman.

"Barselona": Viktor Valdes, Beletti (Lyudovik Jyuli, 84), Karles Puyol, Oleger, Jovanni van Bronxorst (Silvino, 46), Xavi, Xerard, Deku, Andres Inesta (Maksi Lopes, 85), Ronaldinyu, Samuel Eto'O.

Ogohlantirishlar: Paulo Ferreyra 26, Kejman, Jonson 84 - van Bronxorst 29, Xavi 68.





Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика