Beyl: "O'tgan mavsum og'riqni qoldiruvchi dorilar bilan maydonga tushganman"
11 sen 2017 18:14
Yangiliklar
Beyl: "O'tgan mavsum og'riqni qoldiruvchi dorilar bilan maydonga tushganman"
"Real" hujumchisi Garet Beyl o'tgan mavsum jamoaga yordam berish uchun sog'ligini qurbon qilgan ekan.
"Uch oy davomida davolansangiz, yana bir oz kutish qiyin bo'ladi. Ko'proq dam olishim kerakligini gapirish oson, lekin jamoadoshlaring juda ko'p muhim o'yin o'tkazayotganini ko'rsang, joyingda o'tirish qiyin.
O'ynash uchun og'riqni qoldiruvchi vositalardan foydalandim. Sog'ayib ketishim uchun sabr qilishim kerak edi. Bu menga yaxshiroq o'ynashga imkon berar edi" - deydi Beyl.
Garet Beyl o'tgan mavsum LaLiganing 19 ta uchrashuvida 8 ta gol urgan edi.
Fikrlar