Beyl: "Tottenxem" qarg'ishdan qutuldi"
22 may 2025 23:14
Yangiliklar
Beyl: "Tottenxem" qarg'ishdan qutuldi"
"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl "shporlar" qarg'ishdan qutuldi deb hisoblaydi.
Kecha "Tottenxem" Evropa ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni mag'lub qilib, 17 yil deganda ilk sovriniga ega chiqdi.
"Endi klub qarg'ishdan qutuldi. Umid qilamanki, endi klub o'zining muvaffaqiyatlarini oshira oladi. Bu klub uchun juda zo'r holat, klubdagilar buni uzoq yillar kutishdi.
Endi Postekoglu qita sovrinini qo'lga kiritgan afsonaviy murabbiylar qatoriga kiradi. ECHLga chiqish orqali klubda endi tarkibni kuchaytirish va tezroq rivojlanish uchun imkoniyat paydo bo'ladi", - dedi Beyl.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar