Beyl: "Ispaniyada yarim kuch bilan o'ynash mumkin, APLda esa bunga ruhsat yo'q"
07 mar 2017 16:42
Yangiliklar
Beyl: "Ispaniyada yarim kuch bilan o'ynash mumkin, APLda esa bunga ruhsat yo'q"
"Real" hujumchisi Garet Beylning fikricha, nemis, Italiya va Ispaniya chempionatlarida APLga nisbatan ustunlik bor.
"Premer-ligada 90 daqiqada 100% kuch bilan o'ynash kerak yoki mag'lub bo'lasiz. Ispan jamoalari Italiya va nemislar kabi inglizlarga qaraganda ustunlikka ega. Ularda qishki tatil bor. Bundan tashqari, Ispaniyada turnir jadvalining quyi qismidagi jamoaga qarshi yarim kuch bilan o'ynash mumkin.
Bizda tanaffus paytida Angliyada 4-5 tadan uchrashuv o'tkazishadi. Futbolchilarnig dam olish kunlari kam va bu jismoniy jihatdan ham bilinadi. Ha, Premer-liga bugungi kunda eng raqobatbardosh hisoblanadi, ammo evrokuboklarda ustunlik qilayotganlar Ispaniyadan. "Real", "Barselona", "Atletiko" CHempionlar ligasi finallarida o'ynashdi, "Sevilya" esa Evropa ligasida ketma-ket uch marotaba chempion bo'ldi" - deydi Beyl.
Fikrlar