Bernardu Silva: "Orzum dunyoning eng yaxshi klubida emas, balki "Benfika"da o'ynash edi"
03 jan 2023 13:36
Yangiliklar
Bernardu Silva: "Orzum dunyoning eng yaxshi klubida emas, balki "Benfika"da o'ynash edi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi "Benfika"ga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"Men "Benfika"ga qaytib, jamoaga yordam berishni xohlayman va o'zimni tayyor his qilishim kerak. Agar ushbu klubda butsalarimni mixga ilishga to'g'ri kelsa, qaytmaslikni afzal ko'raman.
Orzum dunyoning eng yaxshi klubida emas, balki "Benfika"da o'ynash edi. Qaysi darajaga etishimni bilmasdim. Men faoliyatimni etti yoshimda boshlaganman va doim o'ynaganman. 12 yoshdan 17 yoshgacha juda kam o'ynaganman, ammo hozirgi darajaga etish men uchun faxr, chunki dunyoning eng yaxshi klublaridan biridaman.
Men cho'qqiga chiqishga muvaffaq bo'ldim", – dedi "Manchester Siti" "Record"ga bergan intervyusida.
Silva – "Benfika" tarbiyalanuvchisi. U 2002 yildan 2015 yilgacha klub tizimida bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar