Bernardeski "Yuventus"ga qaytishi mumkin
01 dek 2023 10:21
Yangiliklar
Bernardeski "Yuventus"ga qaytishi mumkin
"Keksa sinora" "Toronto" hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Kanadaning "Toronto" klubi hujumchisi Federiko Bernardeski Italiyaning "Yuventus" klubiga qaytishi mumkin, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".
Xabar qilinishicha, "keksa sinora" 29 yoshli italiyalikni qishda olti oyga ijaraga olmoqchi. "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Bernardeski xizmatlariga juda qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Federiko Bernardeski 2017 yildan 2022 yilgacha "Yuventus" safida to'p tepgan, u bilan uchta Italiya chempioni, shuningdek, ikki kubok va Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari, "Yuventus" futbolchisi sifatida Italiya terma jamoasi libosida Evro-2020 chempionligiga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar