So’nggi yangiliklar

00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  24 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  0 23:02ЕЧЛ старт олмоқда! "Реал Мадрид" - "Марсель". Таркиблар аниқ!  3 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   13 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0

Benzemadan intervyu olish orzum o'ldirildi yoxud OKMK - "Al-Ittihod" uchrashuvi qanday tartibsizlikka aylanib ketdi? Yangiliklar

Benzemadan intervyu olish orzum o'ldirildi yoxud OKMK - "Al-Ittihod" uchrashuvi qanday tartibsizlikka aylanib ketdi?

Teglar :  OKMKAl-Ittihod
Nima uchun odamlar sport jurnalistikasini tanlaydi?

Boshqalar haqida bilmayman, lekin men bu sohada bo'lishni orzu qilardim. Men professional futbolchi bo'la olmadim, lekin hech bo'lmaganda ularning oldida bo'lishni istadim. Iloji bo'lsa, buyuk futbolchilardan intervyu olishni xohlardim.

Kecha menda shunday imkoniyat bor edi. Karim Benzemadan intervyu olish uchun OKMK - "Al-Ittihod" o'yini uchun Olmaliqga bordim. Hatto savollarni ham francuz tilida tayyorlab qo'ydim: bir paytlar men francuz tilini o'rganganman va uni ozgina bilaman (tan olish kerak, mening qiz o'rtog'im ham savollarni to'g'ri yozishimga yordam berdi – u francuz tili o'qituvchisi).

Ammo muammolar stadionga kirishdan boshlandi. Birinchi xavfsizlik huquq-tartibot idoralari xodimlari biz jurnalistlarni ichkariga kiritishni istashmadi. OFK tomonidan berilgan akkreditaciyalarimiz ularga yoqmadi. Ular: “Muhr qaerda?” deb so'rashdi.

Hech qanday muhr bo'lmasligi kerak, lekin aftidan, hech kim ularni bu haqda ogohlantirmagan. Ushbu akkreditaciya bilan Championat.Asia jurnalistlariga Eron, Saudiya Arabistoni va BAAda ruxsat berilgan, biroq O'zbekistondagi o'yinga kiritishini istashmadi. 10 daqiqadan so'ng, biz nihoyat stadion ichiga kirib oldik, lekin bu erda bizni navbatdagi syurpriz kutib turgandi: OAV o'tiradigan joyda OAVga aloqasi bo'lmagan odamlar bilan to'la ekanligi. Bazi hamkasblarim o'rindiqlar band bo'lgani uchun o'yinni tikka turib tomosha qilishga majbur bo'ldi. 

Uchrashuvning o'zidan esa odam mazza qildi. OKMK yaxshi o'ynadi va mahalliy tomoshabinlar Benzema va Fabinyoni ko'rishdi. Albatta, men ham shunday darajadagi yulduzlarni jonli ko'rganimdan xursand bo'ldim. SHu joyida yana Olmaliqdagi holatni tanqid qilishga majbur bo'laman.

Yakuniy hushtak. “Championat.Asia”dagi hamkasblarim va jurnalistlar “Al-Ittihod” futbolchilaridan intervyu olish umidida miks zonaga yo'l oldik. Balki Benzemadan ham intervyu olarmiz? Savollarni francuz tilida tayyorlaganim bejiz emas.

Uchrashuv tashkilotchilaridan biri boshqacha fikrda edi. U bizni miks zonadan chiqarib yubordi, biz u erda bo'lishga haqimiz yo'q ekan. Qizig'a OAV miks zonada bo'lishi mumkin emas. Bizga mumkin emas, biroq yana o'sha boshqalarga u erda turishga va yulduzlar bilan suratga tushish mumkin ekan. Biz boshqa yo'l orqali miks zonaga tushishga harakat qildik, biroq u erdagi stadion xodimlari u erda katta lavozimdagi insonlar borligini va bizni u erga qo'yib yubora olmasligini malum qildi.

OK, tushundim. Biz birinchi kirish joyiga - o'yin tashkilotchisi bizni haydab yuborgan joyga borishga qaror qildik. Biroq endi u ernin eshigi yopiq edi. SHundan so'ng bizni tribuna ostidagi xonadan, keyin esa stadiondan haydab chiqarishdi.

Nega futbol saytining jurnalisti OAV uchun ajratilgan joyda begonalar sababli o'yini tikka turgan holda ko'rishi kerak? Nega jurnalist o'zi bo'lish huquqiga ega bo'lgan joyga borib, futbolchiga tayyor savollarini bera olmaydi? Nega o'yinni tashkil qilish uchun masul shaxslar kim va qaerga kirishini bilishmaydi? Nega o'yin avvalida komissarlar tomonidan stadion ishchilari va huquq-tartibot idoralari xodimlariga tushuntirish berishmaydi? Nega, oxir-oqibat, mening orzuim o'ldirilganini qabul qilishim kerak?

Bu savollarning barchasini o'yindan so'ng, uning raqamini topib, uchrashuv tashkilotchisiga berdim. U ushbu savollarimning hech biriga javob bera olmadi va aybni boshqalarga yuklab qo'yishni boshladi.



Bu mening Karim Benzemadan intervyu olishim uchun birinchi va oxirgi imkoniyatim edi. Eng achinarlisi bu mening aybim bilan sodir bo'lmagani bo'ldi. 

P.S. O'yindan keyin tribunada qanday tartibsizliklar sodir bo'lganini tushunish uchun ushbu videoni tomosha qiling.  https://t.me/championatasia/151625

Nikolay Egorichev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика