Bentuning o'rniga BAAni boshqarishga asosiy nomzod nomi malum
26 mar 15:51
Yangiliklar
Bentuning o'rniga BAAni boshqarishga asosiy nomzod nomi malum
Bugun BAA futbol associaciyasi Paulu Bentuning istefosini elon qildi.
BAAning turli manbalarining yozishicha, Bentuning istefosidan so'ng terma jamoa murabbiyligiga asosiy nomzod ruminiyalik Kosmin Olariu bo'lib turibdi.
55 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Saudiya Arabistoni terma jamoasi, "Al Hilol", "Al Ain", "Shabab Al Ahli" jamoalarida faoliyat olib borgan.
Ayni paytda "Sharja" jamoasi ustozi hisoblanadi.
Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA termasi 8 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o'z maydonida O'zbekistonga qarshi o'tkazadi, so'ngra Qirg'iz Respublikasiga safar uyushtiradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar