So’nggi yangiliklar

13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  0 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  11 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  4 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6

Bahrom Haydarov: "Bugungi g'alabadan keyin elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Bugungi g'alabadan keyin elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi"

Superliga pley-off bosqichidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Xorazm" uchrashuvi 1:1 hisobida yakun topdi va penaltilar seriyasida "Qo'qon-1912"ning qo'li baland keldi (5:4).


O'yindan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bitta o'yindan iborat pley-off uchrashuvlari juda asabiy kechadi. Bugun ham shunday bahs guvohi bo'ldik. Har ikki jamoada yutqazib qo'ymaslik bosimi bo'ldi. Teng kurash kechdi deb o'ylayman. Xuddi finaldek uchrashuvni o'tkazdik va agar bahs oxirida to'p kiritganimizla ish penaltilar seriyasiga qadar etib bormasdi. Bugun juda ko'p kuch yo'qotdik.

Agar butun mavsum haqida gapiradigan bo'lsam, klubimiz rahbariyati tomonidan oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Muhimi, jamoani Superligada olib qoldik. Bu bilan hammani tabriklayman. Qiyin mavsumni o'tkazdik, hatto 9ta o'yindan iborat g'alabasiz seriya ham kuzatildi. Lekin yakunda og'ir holatdan chiqib keta oldik, bu esa jamoamiz shakllanib borayotganini ko'rsatadi. Bosh murabbiy sifatida menda ham bosim yuqori edi, bugungi g'alabadan keyin elkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi.

- Bugun yosh futbolchi Muxriddin Pazlidinov zaxiradan maydonga tushdi va o'yindan keyin penaltilar seriyasida ishtirok etdi. Yosh bo'lishiga qraamay, 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgani tasirli bo'ldi.

- Penaltilar seriyasini o'tkazish funbolchilarga ham, murabbiyga ham qiyin. Kimnidir borib tep deb majburlay olmaysiz. Shu bois o'ziga ishongan futbolchilar nuqtaga boradi. Eng muhimi, futbolchi to'pni tepishdan qo'rqmasligi kerak, chunki gol ura olmasa ham hayot shu bilan to'xtab qolmaydi. Bugun bir o'yinchimizga tepasan deb aytganimda qo'rqyapman dedi. Endi penaltilar ham o'yinning bir qismi. O'yin paytida tepish boshqa, o'yindan keyin tepish boshqa. Tezroq yakuniy qaror qabul qilish kerak bo'ladi. Bugun yosh bo'lishiga qraamay, Haydarov ham, Pazlidinov ham ishonch bilan bordi va mo'ljaldan adashishmadi. Bu esa hammamizni xursand qildi.

- Shohruh Gadoevni ertaroq maydonga tushirsa bo'lmasmidi?

- Men shundoq ham uni ancha ertaga maydonga tushirdik deb o'yladim. Chunki Shohruh bu o'yinga to'liq tayyor emasdi. Mavsum o'rtasida jarohat olib, 10 kun davolanib keyin maydonga tushish bilan mavsum oxirida jarohatdan tuzalib qaytishning farqi bor. Ko'pchilik Shohruhni va umuman hamma futbolchilarni to'p unda ekanligida ko'radi, lekin to'psiz harakatni kuzatmaydi. To'psiz o'ynaganimizda Gadoevning kuchi etmay qolyapti. Mana endi mavsum tugadi va yangi mavsumgacha Shohruh jismoniy tomondan o'z ustida ishlasa yanada kuchli bo'lib qaytadi.

- Klub oldiga kelasi mavsum jiddiy vazifa qo'yilganidan xabarimiz bor. Hozirgi murabbiylar shtabi bu vazifani bajarishga mosmi yoki boshqa murabbiylar keladimi?

- Hammasini klub rahbariyati hal qiladi. Men bu savolga javob bera olmayman. Agar Siz biz kabi murabbiylarni maqul ko'rmasangiz, bilmadim, ishlamay qo'yaveramiz. Vazifani bajarishga keladigan murabbiy ham baribir bizga o'xshab ishlaydi. Mana statistikaga qarang, ikkinchi davradagi natijalarimiz bo'yicha beshinchi o'rinni olibmiz. Jamoamiz uchun bu yomon ko'rsatkich emas. Vazifani bajarish uchun albatta nomdor murabbiy yoki familiyasi chet ellik kelishi shart emas. Aytib o'tganimdek, hammasi rahbariyat qaroriga bog'liq. Agar hozirgi shtabga ishonch bildirilsa, kelasi yilga jamoani tayyorlaymiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика