So’nggi yangiliklar

10:40Суперлига-2025. Мавсумнинг ҳақиқий 10 кашфиёти  0 10:10Суперлига плей-офф учрашувларининг расмийлари маълум  2 09:55Суперлига-2025. Ўтган мавсумнинг энг ёш ва энг ёши катта футболчиси кимлар бўлди?  0 09:25Умар Адҳамзода "Пахтакор"ни тарк этди  3 08:55Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчисига Португалия клуби қизиқмоқда  6 08:25"Атлетико" устидан қозонилган ғалабадан сўнг Флик нима деди?  4 07:55Пўлатхўжа Холдорхонов "Шўртан" билан хайрлашди  3 07:21"Бунёдкор" икки нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 03:32Италия кубоги. "Ювентус" ўз уйида "Удинезе"ни мағлубиятга учратди  0 03:00Ла Лига. "Барселона" муҳим учрашувда "Атлетико"ни мағлубиятга учратди  39 02:35АПЛ. "Манчестер Сити" "Фулхэм"га қарши драматик ўйинда қийин ғалабани қўлга киритди. Ҳусанов ўйнамади  21 02:08Холанд АПЛдаги 100-голини урди ва рекорд ўрнатди  1 00:57Винисиус ва "Реал" ўртасидаги шартнома бўйича музокаралар тўхтаб қолди  1 00:35"Арсенал" Эдегорнинг ўрнига "Манчестер Юнайтед"дан Майну трансферини амалга ошириши мумкин  2 00:10Ўзбекистонлик ҳакамлар халқаро мусобақасида ишлайди  0

Superliga-2025. Mavsumning haqiqiy 10 kashfiyoti Yangiliklar

Superliga-2025. Mavsumning haqiqiy 10 kashfiyoti

Bir necha kun oldin Superliganing joriy mavsumi poyoniga etdi.

Murabbiylar chempionat, Kubok va boshqa xalqaro musobaqalar davomida yoshlarga muntazam imkoniyat berib bordi. Biz esa mavsumning eng yaxshi 10 kashfiyot futbolchisini aniqladik. Ular orasida bu yil Superligada debyut qilgan nomlar ham, avvalgi yillarda jamoa tarkibida kichik rollarda ko'ringan, lekin aynan shu mavsumda yaqqol porlagan futbolchilar ham bor.

Nosir Abdusalomov ("Bunyodkor", 22 yosh)

Statistika: 22 ta o'yin, 3 ta gol, 7 ta assist, 1269 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 5 ta o'yin, 3 ta gol, 283 daqiqa.

"Bunyodkor" jamoasida futbolchi sifatida tanilayotgan Nosir Abdusalomov murabbiy Ilyos Zeytullaev tomonidan mavsum avvalidagi qishki yig'inlardyoq asosiy tarkibga jalb etila boshlandi. O'rtoqlik o'yinlaridagi harakatlari va ishonchli o'yini orqali Superligada ham imkoniyatga ega bo'ldi. Qisqa fursatda u jamoasining muhim figurasiga aylandi. Debyut uchrashuvidayoq Qarshida "Nasaf" darvozasini ishg'ol qildi. 22 yoshida Superliganing yorqin kashfiyoti bo'la olgan Abdusalomov yoshning ahamiyati yo'qligini isbotladi.

Sardor Bahromov ("Nasaf", 20 yosh)

Statistika: Elit OCHL: 5 ta o'yin, 2 ta gol, 1 ta assist, 446 daqiqa.

Superliga: 22 ta o'yin, 1 ta assist, 1075 daqiqa.

Uning o'yin uslubi, yarim himoyadagi nostandart qarorlari va zarbalarining sifati Aziz G'anievning "Nasaf"dagi davrlarini eslatadi. Ro'ziqul Berdiev so'nggi mavsumlarda asosan tayyor kadrlarga tayangan bo'lsa-da, bu yil Bahromov raqobatni engib o'tib, tarkibda o'z o'rniga ega bo'ldi. Klub yozda uni "Sho'rtan"ga ijaraga berishni ham o'ylagandi. Ammo Sardor imkoniyat berilgan har daqiqadan unumli foydalanib, o'zini namoyon qildi. Elit OCHLdagi 2 ta goli, xususan, "Al Hilol" darvozasiga urgan to'pi uning yilsar rivojlanayotgan futbolchi ekanini ko'rsatib qo'ydi.

Firdavs Abdurahmonov ("Dinamo", 20 yosh)

Statistika: 23 ta o'yin, 6 ta gol, 3 ta assist, 1400 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 5 ta o'yin, 3 ta gol, 1 ta assist, 388 daqiqa.

Vadim Abramov har doim yoshlarga ishonadi — bu uning ish uslubining ajralmas qismi. Samarqandda Firdavs Abdurahmonov ham aynan shu ishonch orqali porladi. Oldingi chiziqdagi faolligi, hujumga qo'shilish dinamikasi va tezkor qarorlari bilan 20 yoshli futbolchi raqiblar uchun jiddiy xavf manbaiga aylandi. 2024 yilda bor-yo'g'i 227 daqiqa maydonda bo'lgan futbolchi bugungi kunda jamoaning asosiy kuchlaridan biriga aylandi. Uning 6 ta gol va 3 ta assistdan iborat mavsum statistikasi — hozircha boshlanish, xolos.

Oybek O'rmonjonov ("Dinamo", 19 yosh)

Statistika: 28 ta o'yin, 4 ta gol, 4 ta assist, 1526 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 4 ta o'yin, 2 ta assist, 117 daqiqa.

Oybek O'rmonjonovni avvalo O'zbekiston U-17 terma jamoasidagi o'yinlari orqali taniganmiz. "Dinamo"ga ko'chib o'tgach, u klub darajasida ham o'zining haqiqiy salohiyatini ochdi. Mavsum davomidagi harakatlaridan ko'rinib turibdiki, Oybek — zamonaviy yarim himoyachiga xos barcha fazilatlarga ega: pressingda faol, past va o'rta masofadagi uzatmalarda aniq, ayniqsa, hujumning boshlanishi va tezkor tashkil etilishida muhim bo'g'in sifatida ko'riladi.

O'rmonjonovning asosiy kuchli jihati — o'yinni o'qish qobiliyati. U jamoada taktik intizomga eng tez moslashgan yosh futbolchilardan biri hisoblanadi. Samarqand jamoasi tizimida uning tinimsiz harakatlari, pozicion qarorlari va o'yin tezligi sezilarli o'sdi. Murabbiylar uni kelajagi bor o'yinchi sifatida baholamoqda. 19 yoshdayoq bunday barqaror raqamlar qayd etish — katta yutuq.

Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor", 21 yosh)

Statistika: 23 ta o'yin, 2 ta assist, 2001 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 6 ta o'yin, 1 ta gol, 540 daqiqa.

Muhammadrasul Abdumajidov "Paxtakor" safida ilgari ham ko'ringan bo'lsa-da, aynan shu mavsumda asosiy tarkibning ajralmas qismiga aylandi. Mudofaadagi barqarorligi, havodagi kurashlardagi ustunligi va o'yinni oqilona boshlashi orqali u "sherlar"ning muhim futbolchisiga aylandi. Evropa skautlari etiboriga tushgani bejiz emas. Tibbiy ko'rikda aniqlangan muammo tufayli Belgiyaga transfer amalga oshmagani — uning rivojlanishiga to'sqinlik qilmaydi. Germaniyadagi muvaffaqiyatli jarrohlikdan keyin futbolchi yana yuqori darajaga qaytishi kutilmoqda.

Behruz Karimov ("Surxon", 18 yosh)

Statistika: 15 ta o'yin, 3 ta gol, 995 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 3 ta o'yin, 168 daqiqa.

"Surxon" klubi so'nggi yillarda yoshlarga keng imkoniyat berishi bilan alohida tarifga loyiq. 2007 yilda tug'ilgan Behruz Karimov ham shu siyosatning natijasi sifatida katta futbolga qadam qo'ydi. Uning tezligi, maydondagi erkin harakatlanishi va hujumda o'z vaqtida to'g'ri poziciyani tanlashi — bu yoshda juda yuqori ko'rsatkich.

Behruzning eng katta jihati — jasorat. U katta raqiblarga qarshi ham qo'rqmay o'ynaydi, yakkama-yakka vaziyatlarda qochmaydi va doim hujumkor qaror izlaydi. Murabbiylar tomonidan “Surxon”ning keyingi etakchi futbolchilaridan biri sifatida ko'rilmoqda. Agar rivojlanish dinamikasi shu tarzda davom etsa, Karimov tez orada milliy terma jamoa eshigini taqillatishi ehtimoldan xoli emas.

Javohir Ro'ziev ("Buxoro", 21 yosh)

Statistika: 28 ta o'yin, 1 ta gol, 1973 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 6 ta o'yin, 1 ta gol, 2 ta assist, 390 daqiqa.

“Buxoro” jamoasi bu mavsumda qator yosh futbolchilarga ishonch berdi va ulardan biri — Javohir Ro'ziev. Uning harakatdagi balansni saqlash, pressingda faol bo'lish va taktik vazifalarni sidqidildan bajarishi mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Statistikada ajralib turmasada, jamoaviy o'yinda uning ahamiyati katta bo'ldi.

Farruh Qodirov ("Bunyodkor", 21 yosh)

Statistika: U-21 chempionati: 25 ta gol (to'purar).

Superliga: 5 ta o'yin, 1 ta assist, 67 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 3 ta o'yin, 168 daqiqa.

"Bunyodkor" U-21 jamoasining asosiy gollari Farruh Qodirovga tegishli. Chempionatning to'purari sifatida u yoshlar orasida eng ko'zga ko'ringan hujumchi bo'ldi. Asosiy jamoada ham unga asta-sekin o'yin amaliyoti berilmoqda. Zeytullaev uslubidagi hujumchilarga xos fazilatlar — tezlik, joy tanlash, radar sezgirligi Farruhda mavjud. Anvar Rahimov boshchiligidagi "Bunyodkor" o'rinbosarlari chempionatni kumush medallar bilan tugatishdi va bunda Farruh ham o'z hissasini qo'shdi.


G'anisher Qodirov ("Sho'rtan", 19 yosh)

Statistika: 15 ta o'yin, 4 ta gol, 2 ta assist, 598 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 4 ta o'yin, 1 ta gol, 1 ta assist.

"Sho'rtan" safida porlayotgan yosh iqtidorlardan biri — G'anisher Qodirov. Uning yakuniy final zarbalari, harakatlari va maydonni his qilish qobiliyati jamoa murabbiylarining ishonchini tezda qozondi. Agar shunday rivojlanish saqlansa, Qodirov kelgusi mavsumlarda jamoaning etakchi figuralaridan biriga aylanishi turgan gap.

Otabek Ahadov ("So'g'diyona", 20 yosh)

Statistika: 23 ta o'yin, 1 ta assist, 1710 daqiqa.

O'zbekiston Kubogi: 3 ta o'yin, 148 daqiqa.

Ivan Boshkovich qo'l ostida o'z o'yinini topib borayotgan futbolchilardan biri — Otabek Ahadov. Maydonning markazidagi universalligi, pozicion mudofaadagi saviyasi va pas madaniyati bilan u jamoa tizimida tobora muhim o'rin egallab bormoqda.

Otabekning so'nggi ikki mavsumdagi o'sish dinamikasi juda barqaror. U o'yinni yutish, xatarli vaziyatlarni oldindan sezish va raqib hujumini buzishda katta tajriba orttiryapti. Hozirdanoq bir qator xorijiy skautlar uni kuzatmoqda. Agar Koreya klubiga o'tishi amalga oshsa, bu uning rivojida yangi bosqichni boshlab beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика