Bellingem: "Mbappe o'zining darajasi tufayli "Real"da juda katta bosim ostida"
29 noy 2024 18:30
Yangiliklar
Bellingem: "Mbappe o'zining darajasi tufayli "Real"da juda katta bosim ostida"
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Liverpul"ga qarshi 5-tur uchrashuvida (0:2) penaltini golga aylantira olmagan hujumchi Kilian Mbappedan jamoa nimalarni kutayotgani haqida gapirdi.
"Mbappe gol urolmagan penalti – o'yindagi muhim epizod, ammo shunaqasi ham uchrab turadi. U yuqori darajasi tufayli juda katta bosim ostida. O'sha penalti mag'lub bo'lishimizga sabab bo'lmadi, butun jamoa unchalik yaxshi o'yin ko'rsatmadi", – dedi Bellingem.
25 yoshli franciyalik futbolchi 2024 yilning 1 iyulida "Real"ga o'tgandi. Hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 18 uchrashuvda 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar