Belarus kubogi. "Energetik-BGU" qo'shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga keyingi bosqichga yo'l oldi, Abdixoliqovdan gol+pas
		
		22 iyu 2022 21:03
        Yangiliklar	
	
				
				Belarus kubogi. "Energetik-BGU" qo'shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga keyingi bosqichga yo'l oldi, Abdixoliqovdan gol+pas
Mazkur bahsni mehmonlar safida to'rt nafar o'zbekistonlik futbolchidan uchtasi asosiy tarkibda o'yinni boshlashdi — Abdixoliqov, Jumaqulov va Xusanov. Abdurahmonov esa ikkinchi bo'lim boshida Jumaqulov o'rniga maydonga tushdi hamda ikkinchi golga assistlik qildi. Qayd etish joiz, Jumaqulov birinchi bo'limning 24-daqiqasida ogohlantirilishga ham ulgurdi.
Uchrashuvdagi dastlabki gol uzoq kutildi. 88-daqiqada o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov mehmonlarni oldinga olib chiqdi, biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar hisobni tenglashtirdi. Qo'shimcha bo'limlar davom etayotgan bir pallada Grishenko muhim gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi, 116-daqiqada esa dublga erishib, hisobni ishonchli ko'rinishga keltirib qo'ydi. So'nggi golga ham aynan Abdixoliqov golli uzatmani amalga oshirdi. SHu tariqa, hamyurtlarimiz to'p tepadigan "Energetik-BGU" klubi musobaqaning 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
"Baranovichi" — "Energetik-BGU" 1:3
Gollar: Abduxoliqov, 88 (0:1), Kipra, 90+1 (1:1), Grishenko, 103 (1:2), Grishenko, 116 (1:3)

O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar