So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Baxtiyor Ashurmatov: “Baqoev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashardi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Baqoev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashardi”

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.




- Bugungi o'yin oxiriga qadar his-hayajonga to'la bo'ldi. Har ikki jamoa shiddatli o'yin namoyish etishdi. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev futbolchilik paytida ham shunday tirishqoq va oxiriga qadar kurashardi. O'yindan oldin shogirdlarimga shuni bir necha bor takidladim.  Muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'yin uchun "So'g'diyona” futbolchilariga ham rahmat aytaman. Ulug'bek Baqoev shogirdlari oxiriga qadar kurash olib borishdi.

Bugun ikkita bir-biriga munosib raqiblar maydonda harakat qilishdi. O'ylaymanki bugungi o'yin stadionga kelgan muxlislarga manzur bo'ldi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida hayajonlarga boy bo'ldi. Bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay raqiblarimiz oxirigacha kurashishdi.

Bu futbol – hakamlar ham inson va xatolardan xoli emas. Ularning ishlariga baho beradigan qo'mita bor.

Rayevacning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori bo'lgani uchun uni asosiy tarkibga qo'ydim va u ishonchni oqlab g'alabamizga munosib hissa qo'shdi. Bamba borasida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Umuman bugun butun jamoa yaxshi o'ynadi.

Klub rahbarlariga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Ular bizga kerakli barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Ularning yuzlari yorug' bo'lishi uchun ham bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Bunday sharoitlar bilan jamoamiz o'z oldiga bosqichma-bosqich yuqori maqsadlarni qo'yasa bo'ladi.

Muxlislarimiz ham doimo bizni qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Buning uchun ularga ham minnatdorchilik izhor etaman", - deydi Ashurmatov.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика