"Bavariya" Xabi Alonso bilan aloqaga chiqdi, u yaqindagina myunxenliklarni 3:0 hisobida enggan edi
21 fev 2024 17:33
Yangiliklar
"Bavariya" Xabi Alonso bilan aloqaga chiqdi, u yaqindagina myunxenliklarni 3:0 hisobida enggan edi
"Bavariya" Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.
Bugun Myunxen klubi Tomas Tuxel yozda o'z lavozimini tark etishi haqida xabar berdi.
"Sky Sport Deutschland" nashri xabariga ko'ra, "Bavariya" allaqachon yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgan. Asosiy nomzod sifatida "Bayer"ni boshqarib borayotgan Xabi Alonso qaralmoqda. Myunxenliklar 42 yoshli mutaxassisning vakillari bilan aloqaga chiqishga ham ulgurishgan.
Hozir Alonso to'lig'icha "Bayer"dagi ishiga etibor qaratgan. Jurnalist Florian Plettenbergning malumotlariga ko'ra, "Bavariya"da Alonso bilan yozda kelishuvga erishish imkoniyatlari juda yaxshi.

Xabi Alonsoga "Bavariya"dan tashqari, "Liverpul" ham jiddiy qiziqmoqda. Uning "Bayer" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar