"Bavariya" "Real Madrid"ning og'zidagi oshni olib qo'ymoqchi
28 avg 2024 23:25
Yangiliklar
"Bavariya" "Real Madrid"ning og'zidagi oshni olib qo'ymoqchi
"Bayer" klubi yarim himoyachisi Florian Virtcga bir necha top klublar qiziqa boshladi. "Bavariya" 2025 yilning yozida futbolchini qo'lga kiritish uchun jiddiy kirishmoqchi. Myunxenliklar bu yo'lda "Real Madrid" bilan raqobat qilishlari lozim bo'ladi.
Relevo nashrining yozishicha, "Bavariya" rahbariyati uchun 2025 yilning yozida Florian Virtc asosiy transfer nishon bo'ladi.
O'z navbatida "Real Madrid" futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda. Biroq, "Real"ning oxirgi yillardagi transfer siyosatiga ko'ra Virc boshqa takliflarni rad etib, madridliklarni tanlashi lozim. "Real Madrid" boshqa klublar bilan kim oshdi savdosiga kirmoqchi emas. Avvalroq, Madrid klubi futbolchi bilan 2025 yilda shartnoma tuzishga kelishib qo'ygani haqida xabarlar tarqalgandi.
Malumot uchun, Virtcning boshlang'ich narxi 120 mln evro deb belgilangan. Florianning "Bayer" bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi o'tgan mavsumda 18 ta gol va 20 ta assist qayd etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar