"Bavariya" darvozabonlar murabbiyini istefoga chiqardi. U klubda 12 yildan beri ishlayotgandi
24 jan 2023 11:00
Yangiliklar
"Bavariya" darvozabonlar murabbiyini istefoga chiqardi. U klubda 12 yildan beri ishlayotgandi
Myunxen klubi darvozabonlar murabbiyi ishdan bo'shatildi.
"Bavariya" darvozabonlar murabbiyi Toni Tapalovichni istefoga chiqardi, deb xabar berdi "Bild".
Klub bu haqda Tapalovich bilan do'stona munosabatda bo'lgan darvozabon Manuel Noyerni shaxsan malumot berdi.
Qayd etilishicha, Tapalovich jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan kelishmovchilikka borgan.
Qolaversa, "Monako"da ijara asosida to'p tepayotgan darvozabon Aleksandr Nyubel germaniyalik mutaxassis ishlayotgan vaqtda Myunxen klubiga qaytishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, Noyer jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan. Uning o'rniga "Bavariya" "Borussiya M" darvozaboni Yan Zommerni safiga qo'shib oldi.
42 yoshli Tapalovich 2011 yildan buyon "Bavariya" darvozabonlari murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar