Bartomeu: “Bavariya”, “Lion”, “Yuventus” ham shunday qilmoqda”
31 mar 2020 21:10
Yangiliklar
Bartomeu: “Bavariya”, “Lion”, “Yuventus” ham shunday qilmoqda”
Kataloniyaliklar rahbari Xosep Mariya Bartomeu ishchilar va futbolchilarning maoshi qisqarganiga qaramay, klub inqirozga uchrash xavfi ostida emasligiga ishontirdi.
“Vaziyat murakkab. 14 martdan beri “Barselona”da daromad yo'q, ammo klubimiz iyunga borib bankrot bo'lmaydi. Agarda shu sanaga qadar ahvol o'nglanmasa, zarar ko'riladi. SHu bois, ish haqini kamaytirdik.
Klub muzeyini ocholmaymiz, bizda translyaciya va chipta sotuvidan tushadigan mablag'lar yo'q. Aniq raqamlarni oshkor qila olmayman, ammo “Barselona” ko'p pul ishlashni to'xtatdi.
Qo'limizdan kelganini qilamiz. O'ylaymizki, mavsumdagi to'xtalish 60 kun davom etadi, lekin harakatlarimiz umidsizlik choralari emas.
Evropaning boshqa yirik klublari ham shunday qilmoqda – “Bavariya”, “Lion”, “Yuventus”, deydi Bartomeu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar