"Barselona"ning "Viktoriya"ga qarshi o'yindagi yo'qotishlari malum
01 noy 2022 14:21
Yangiliklar
"Barselona"ning "Viktoriya"ga qarshi o'yindagi yo'qotishlari malum
Kataloniya klubining ko'plab futbolchilari bo'lajak o'yinni o'tkazib yuborishadi.
"Barselona"ning 8 nafar futbolchisi CHempionlar Ligasi 6-turida "Viktoriya" Plzenga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Robert Levandovski, Serxio Buskets, Andres Kristensen, Serji Roberto, Jyul Kunde, Erik Garsiya, Ronald Arauxo va Memfis Depay bo'lajak uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmadi. Levandovskiga dam berildi, Busketsda sariq kartochkalar ko'payib ketgan. Boshqa barcha o'yinchilar esa shikastlangan.
"Viktoriya" – "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
00:12
Mikel Arteta: "Barselona" "Nyukasl" bilan o'yinda Ispaniyadagi kabi 1000 ta pas o'ynay olmadi" 21
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar