"Barselona"ning sobiq futbolchisi jamoaga qaytishi mumkin
07 iyu 2019 23:00
Yangiliklar
"Barselona"ning sobiq futbolchisi jamoaga qaytishi mumkin
PSJ bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agent maqomiga o'tgan braziliyalik himoyachi Dani Alvesh faoliyatini yana Barselonada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi AS.
Agar, Nelson Semedu joriy transferlar oynasida klubni tark etadigan bo'lsa, u holda kataloniyaliklar o'ng qanot himoyasini to'ldirish maqsadida Alveshning nomzodini ko'rib chiqishlari mumkin. Qayd etilishicha, «ko'k-anorranglilar» undan zaxira futbolchisi sifatida foydalanishmoqchi.
Avvalroq, 36 yoshli futbolchi bilan «Inter» qiziqayotgani, lekin, futbolchining o'zi «Barsa»ga qaytmoqchi ekanligi haqida malum qilgandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar