"Barselona" va "Manchester Yunayted" germaniyalik futbolchi uchun kurashadi
27 fev 2020 18:08
Yangiliklar
"Barselona" va "Manchester Yunayted" germaniyalik futbolchi uchun kurashadi
"Leypcig" hujumchisi Timo Verner yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya va ingliz klubi rahbariyati "Leypcig"ga futbolchi borasida taklif yuborishgan, ammo Verner "Liverpul"dan taklif kutmoqda.
Vernerning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Timo joriy mavsum "Leypcig" libosida Bundesligada 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 7ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar