So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Астон Вилла"ни ишончли ҳисоб билан мағлуб этди  4 03:01Ла лига. "Реал" Мадридда "Валенсия"ни тор-мор этди  5 02:43А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Кремонезе"ни мағлуб этди, мезбонлар сафида Жейми Варди гол урди  0 02:00Бундеслига. "Бавария" марказий ўйинда "Байер"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 01:32Саудия Арабистони чемпионати. Роналду 90+15 дақиқада пенальтидан гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди  7 01:15АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Челси" ўртасидаги Лондон дербиси тақдирини биттагина гол ҳал қилди  3 23:53Лига 1. ПСЖ 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Ницца"ни мағлуб этди  0 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  7 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  10 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  12 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0

"Barselona" tarixidagi eng qimmat 5ta transfer Yangiliklar

"Barselona" tarixidagi eng qimmat 5ta transfer

Hujumchi Antuan Grizmann xaridiga 120 mln. evro sarflagan "Barselona" so'nggi 5 yil ichida transferlarga 1 mlrd. evrodan ortiq pul ishlatgan birinchi futbol klubiga aylandi.

Akademiya futbolchilari bilan jamoani kuchaytiradigan "Barselona"ni eslaydiganlar uchun bu hayratlanarli holat. Messi, Xavi, Valdes, Puyol, Inesta va Pike La Masiyada futbol sirlarini o'rganishgan.

Ammo hozir boshqa davr va "Manchester Siti", "Real" va PSJ kabilardan ortda qolmaslik uchun katta xarajatlarga qo'l urish kerak. Tarixdagi eng qimmat futbolchilarning uch nafari Kataloniya klubi safida to'p tepgan.


5. Frenki de Yong: "Ayaks" - "Barselona", 75 mln. evro (2019)

2018/19 mavsumda "Ayaks"dagi o'yini bilan o'zini ko'rsatgan Frenki de Yong tezda "Barselona"dan taklif oldi. Transfer narxi - 75 mln. evro.

22 yoshli gollandiyalik hayratlanarli darajada iqtidorli. Futbolchi "Barselona" uslubida harakat qilishi Kataloniya klubi diqqatini tortdi. Agar u shunday o'ynashda davom etsa, "Kamp Nou" ishqibozlarining sevimli futbolchisiga aylanadi.


4. Luis Suares: "Liverpul" - "Barselona", 75 mln. evro (2014)

Luis Suares - dunyoning eng yaxshi forvardlaridan biri hisoblanadi va 75 mln. evro evaziga "Barselona"ga o'tganidan keyin faqat kuchli o'yin namoyish etmoqda.

Xatto to'rt oylik diskvalifikaciyaga qaramasdan Suares tez ko'nikishga muvaffaq bo'ldi va birinchi mavsumidayoq 25ta gol urdi.

32 yoshli urugvaylik keyingi mavsumda 40 marta raqib darvozalarini ishg'ol qildi va LaLiga "Oltin butsa"sini qo'lga kiritdi. 2009 yildan beri faqat u, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi faqat bu mukofotni qo'lga kiritishdi.

U hozirgacha "Barselona" safida 247ta bahsda 177ta gol urdi. Suares jamoa tarixidagi eng yaxshi beshinchi to'purarga aylandi.


3. Usmon Dembele: "Borussiya" Dortmund - "Barselona", 97 mln. funt (2017)

Neymar rekord mablag' evaziga "Barselona"dan PSJga o'tganidan so'ng braziliyalikka o'rinbosar topish kerak edi. Messi va Suaresning yangi yordamchisi roliga Dortmundning "Borussiya"sidan Usmon Dembeleni olishdi. Franciyalik 97 mln. funtga tushdi.

Transfer tavakkalga asoslangan edi, chunki Dembele faqat bitta mavsumda o'zini ko'rsatgan edi. Ammo Kataloniya klubi rahbariyati yoshlarga berilgan ishonch bu safar ham o'z foydasini ko'rsatishiga ishondi.

Afsuski hammasi jarohat, intizomdagi muammo bilan boshlandi.

Dembelening iqtidoriga hech kim shubha qilayotgani yo'q, ammo uning "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida. U jamoaning muhim futbolchisiga aylanishi yoki o'ziga boshqa klub qidirishi mumkin.


2. Antuan Grizmann: "Atletiko" - "Barselona", 108 mln. funt

Ikki yillik serial yakuniga etdi va nihoyat Grizmann "Barselona"da. Antuan baribir o'z "uyi"ni tark etdi va raqib jamoa futbolchisiga aylandi. "Atletiko" esa bu transferdan 108 mln. funt yoki 120 mln. evro ishlab oldi.

Dembeledan farqli o'laroq, jahon chempionining barqaror o'yiniga hech kim shubha bilan qaramaydi. Grizmann besh yil davomida "matraschilar" safida ajoyib o'yin ko'rsatdi, Evropa ligasi g'olibiga aylandi, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.

"Kamp Nou"dagilar Grizmann transferidan mamnun. Ko'nikishga biroz vaqt ketadi: U yangi jamoadoshlari va ko'k-anorranglilar uslubiga moslashishi kerak.


1. Filippe Koutino: "Liverpul" - "Barselona", 145 mln. evro

"Barselona"ning eng qimmat, dunyo futboli tarixidagi eng ko'p pul sarflangan uchinchi xarid "Liverpul"dan 145 mln. evroga xarid qilingan Filippe Koutino bo'ladi.

Bu ham uzoq davom etgan seriallardan biri bo'lib, u muxlislar juda zeriktirgan edi. Natijada hamma xursand bo'ldi, chunki ko'pchilik braziliyalikni yangi Andreas Inesta bo'lishiga ishonishgandi.

Biroq mavsumoldi yig'inlardagi yorqin o'yindan so'ng og'ir 2018/19 mavsum keldi. Koutino barqarorlikni yo'qotib qo'ydi. 45ta uchrashuvda 5ta gol - kutilgan natija emas.

18 oy o'tdi, ko'pchilik esa Koutino Kataloniya klubida uzoq ushlanib qolmasligiga ishonmoqda. Unga qiziqayotganlar orasida PSJ mavjud.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика