"Barselona" Rakitichni MYUga 50 million evroga sotishga tayyor
29 iyu 2019 13:51
Yangiliklar
"Barselona" Rakitichni MYUga 50 million evroga sotishga tayyor
"Barselona" yarim himoyachi Ivan Rakitichni 50 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor.
Ingliz klubi rahbariyati "Barselona" vakillari bilan uchrashishdi va futbolchi uchun 35 million evro taklif qilishdi. Kataloniya klubi esa bu taklifga rad javobini berdi.
Ispan jamoasi 31 yoshli Rakitichni 50 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Qayd etish kerakki, MYU xorvatiyalik futbolchini "Yuventus" yoki "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan Pol Pogbaning o'rniga nomzod sifatida qarashmoqda.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 67ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar