"Barselona" MYU himoyachisini sotib olmoqchi
26 iyu 2019 14:20
Yangiliklar
"Barselona" MYU himoyachisini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Kataloniya klubi shu yozda jamoaning mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi va bu joyga mos keladigan variantlar qidirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" shveciyalik markaziy himoyachini "Yuventus"ga o'tishi mumkin bo'lgan Matteys de Ligtning o'rniga olib kelishmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, "Barselona" 24 yoshli o'yinchi uchun bir necha takliflar bilan chiqqan, ammo rad javobini olgan.
Lindelyof yakunlangan mavsum "qizil iblislar" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.
Futbolchi MYUdan oldin "Vesteros" va "Benfika" klublarida to'p tepgan. Viktor 2016 yildan beri SHveciya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar