"Barselona" MYU bilan Reshford borasida muzokaralarni boshladi
07 iyu 2019 14:00
Yangiliklar
"Barselona" MYU bilan Reshford borasida muzokaralarni boshladi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford shu yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" 21 yoshli futbolchini jamoaning hujum chizig'ini kuchaytira oladi deb hisoblamoqda.
MYU va "Barselona" klublari muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ispan jamoasi rahbariyati futbolchining har ikki qanotda o'ynay olishini, yani universalligini qadrlaydi. Reshford jamoaga hech qanday muammolarsiz moslasha olishi takidlanmoqda.
Uning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Angliya terma jamoasi hujumchisi yakunlangan mavsumda MYU libosida 47ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 9ta assist qayd etdi.
transfermarkt.de futbolchini 80 million evroga baholagan.
Fikrlar