"Barselona" Lautaro Martines uchun ikki o'yinchisini va 70 million evro taklif qilishi mumkin
02 mar 2020 23:16
Yangiliklar
"Barselona" Lautaro Martines uchun ikki o'yinchisini va 70 million evro taklif qilishi mumkin
"Barselona" yaqin orada argentinalik "Inter" hujumchisi Lautaro Martines transferi bo'yicha taklif bilan chiqishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi hujumchi uchun 70 million evro to'lashga hamda himoyachi Nelson Semedu va yarim himoyachi Arturo Vidalni "Inter"ga berishga tayyor. Martinesning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 111 million evroni tashkil qiladi, ammo kataloniyaliklar bu summani to'lashni lozim topmayapti.
Oldinroq, Martinesga "Real" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Ushbu mavsumda 22 yoshli Lautaro Martines Italiya chempionatida 21 ta o'yinida qatnashib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar