"Barselona" Jahon chempionatida 10 nafar futbolchini kuzatib boradi
19 noy 2022 17:44
Yangiliklar
"Barselona" Jahon chempionatida 10 nafar futbolchini kuzatib boradi
Kataloniyaning "Barselona" klubi vakillari yaqinlashib kelayotgan JCH-2022da bir yo'la 10 nafar futbolchining o'yinlarini kuzatib boradi.
Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
"Ko'k-anorranglilar" uchun ustuvor vazifa – yangi o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash. Diogu Dalot, Benjamen Pavar, Toma Mene va Xuan Foyt kataloniyaliklarning etiborida bo'ladi.
Bundan tashqari, "Barselona" o'rta chiziqni mustahkamlamoqchi. Kataloniyaliklar Yuri Tilemans, Ilkay Gyundogan, Bernardu Silva va Marko Asensioning o'yinlarini kuzatib borishadi.
La Liga vice-chempionining radarida hujumchilardan Rafael Leau va Yussufa Mukoko o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar