"Barselona" futbolchisi 3 haftaga safdan chiqdi
01 may 17:51
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi 3 haftaga safdan chiqdi
Jyul Kunde sonining orqa qismida keskin og'riq sezib, tanaffusdan oldin, 42-daqiqada almashtirishlarini so'radi.
Klub malumotlariga ko'ra, franciyalik himoyachi yaqin kunlarda tibbiy tekshiruvdan o'tadi. Dastlabki xulosalar uning mushaklarida uzilish bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Bu esa uni javob uchrashuvida va 11 mayda rejalashtirilgan "El Klasiko"da ishtirok etishdan mahrum qilishi mumkin.

Xansi Flik uchun Kundening yo'qotilishi jiddiy zarba bo'ldi. Futbolchi mavsum davomida 53 ta o'yinda ishtirok etdi va mudofaa chizig'ining asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Hatto murabbiy muhim o'yinlarga kuch saqlashi uchun uni "Malorka"ga qarshi o'yin tarkibidan chiqarib tashlagan edi.
Uchrashuvdan so'ng Kunde jurnalistlarga holati yomon ekanligini aytdi. Himoyachining jarohati mavsumning hal qiluvchi paytida qo'shimcha tashvish uyg'otmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar