"Barselona" Fatini 100 million evroga sotmadi
06 iyu 2020 23:24
Yangiliklar
"Barselona" Fatini 100 million evroga sotmadi
Bu haqda prezident Jozep Bartomeu klub rahbariyati yig'ilishida malum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, klublardan biri futbolchi uchun 100 million evro taklif qilgan. Ammo, u darhol 17 yoshli o'yinchi sotilmasligini aytgan.
Fati "Barselona" akademiyasiga 2012 yilda "Sevilya" yoshlar jamoasidan kelgan. U "ko'k-anor ranglilar" safidagi debyutini 2019 yil avgustida o'tkazgan.
Asli kelib chiqishi Gvineyadan bo'lgan ispaniyalik bu mavsum barcha turnirlarda 24 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Forvardning shartnomasi 2022 yil iyul oyiga qadar amal qiladi va tomonlar shartnomani yana ikki mavsumga uzaytirishlari mumkin, chunki bu bo'yicha alohida band bor.
Transfermarkt futbolchining narxini 36 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar