"Barselona" "Bavariya"ga moslashib ketolmayotgan futbolchini kuzatib bormoqda
18 mar 2024 11:50
Yangiliklar
"Barselona" "Bavariya"ga moslashib ketolmayotgan futbolchini kuzatib bormoqda
Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" qishki transfer oynasi vaqtida Saragosa haqida malumot so'ragan, biroq sobiq "Granada" futbolchisi qishda ispan klubini tark etishni xohlagan va shu sababli "Bavariya"ga ijara asosida o'tishni maqul ko'rgan.

Biroq Saragosa "Bavariya"da moslashish, xususan, til bilan bog'liq muammolarga duch kela boshladi. Takidlanishicha, myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel vingerga qiziqmagan. Tuxel kelayotgan yozda klubni tark etar ekan, Saragosaning "Bavariya"dagi kelajagi ham noaniq. "Barselona"dagilar vingerni qulay shartlarda sotib olishga ishonib turishibdi.
Saragosa joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida berilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar