So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

"Barsa"ning buyuk xatosi Yangiliklar

"Barsa"ning buyuk xatosi

PlayStation o'ynarkan, kimlar taktika ustida ko'p bosh qotiradi, gol urish uchun farqli kombinaciyalarni sinab ko'radi, markaz va qanotlardan bosim uyushtiradi.

Bularning barchasi raqib mudofaasidan o'tib, gol urish uchun. Bazilar esa o'zini hech qiynamay, shunchaki, uchburchakni bosadi. Himoyaning orqasiga uzatiladigan 1 dona pas butun muvozanatni buzib yuboradi. CHunki ularning jamoasida Karim Benzema bor. 


Ko'pchiligimiz PlayStation'da ega bo'lgan bu ustunlikdan real hayotda foydalanadigan yagona klub mavjud. Bir yonda Benzemasi bor "Real", boshqa tarafda Benzemasi bo'lmaganlar...

Aslida ushbu hikoya o'zgacha boshlanishi, Karim butunlay boshqa "front" uchun jang qilishi mumkin edi. U "Real" tarkibiga qo'shilishdan 1 yil oldin "El Mundo"ga bergan intervyusida qachondir "Barselona" darajasidagi klub uchun o'ynash istagi borligini bildirgan. Bunga 2008 yilda katalonlarning franciyalik futbolchi bilan qiziqib qolishi sabab bo'lgandi. Aniqrog'i, "ko'k-anorranglilar" hujumchini har tomonlama o'rganishdi. Karimning o'yini ularga maqul kelsa-da, "Lion" pochtasiga yuboriladigan rasmiy taklif bekor qilindi. Sabab sifatida Benzemadagi xarakterning bir paytlar "Real"da o'ynab ketolmagan Nikolya Anelkaga o'xshashi ko'rsatildi. Uyatchang, jamiyat bilan komunikaciya qilishda qiynaladigan forvardning La Ligaga moslasha olishiga ko'pchilik ishonmadi...

U bunga javoban 2 yildan keyin "El Klassiko" tarixidagi eng tezkor golni urdi. Faqat katalonlarning azaliy dushmanlari uchun...


Yil — 2022. Bu mavsum "Barselona" libosida o'ynagan 5 nafar markaziy  hujumchi umumiy hisobda 28 gol, 4 ta assistga mualliflik qildi. Benzemaning aktivida esa 37 gol, 13 ta golli uzatma bor. Ko'plab mutaxassislar navbatdagi "Oltin to'p" uning shaxsiy muzeyiga yo'l olishini taxmin qilmoqda. 

Biroq vaziyat doim ham bunday emasdi. Madridga transfer bo'lgan vaqtida Ronaldu va Kakaning soyasida qolib ketdi. Har qancha gol urmasin, yillar davomida Benzema "Real" darajasidagi forvard emasligi haqida gapirildi. Vaqti-vaqti bilan Levandovski, Aguero, Suares, Obameyang-u Ikardi singari hujumchilar "Qirollik klubi"ga kelishi aytildi. Ayniqsa, Krishtianu "Yuventus"ga o'tib ketganidan keyin jamoada kim lider bo'lishi borasida bahslar kuchaydi. Kimlar Ramos dedi, kimdir Beyl uyg'onishini kutdi. Vinisius yoki Asensioning porlashini taxmin qilganlar ham bir talay edi. Lazaretdan qo'nim topgan Azar ham shuning uchun xarid qilingan edi. Bu Benzema hech qachon o'z darajasida qadrlanmaganidan dalolat. 

Uning asl mavqeyini his qilish uchun atigi uchta faktga etibor qilishimiz etarli: 

1) Yana 6 o'yindan keyin Karim "Qirollik klubi" safidagi o'yinlar soni bo'yicha afsonaviy Fernando Yerroni ortda qoldiradi. 

2) Mavsum oxiriga qadar 9 ta gol ursa, to'purarlar poygasida Raul Gonsalesdan o'zib ketadi. 

3) Benzema ayni paytda "Real" tarixidagi eng yaxshi assistent hisoblanadi.

Qisqasi, uning "qaymoqrangli" libosda amalga oshirgan foydali harakatlari braziliyalik Ronaldodan 3, argentinalik Alfredo di Stefanodan 2 martaga ko'proq. Nima deb o'ylaysiz: "Lion" Benzemani 2008 yilda "Barselona"ga sotsa, hujumchining keyingi taqdiri qanday bo'lardi?

Muallif :
Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика