Banega "Al SHabab" bilan shartnomani bekor qilmoqchi
26 dek 2023 15:30
Yangiliklar
Banega "Al SHabab" bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Argentinalik yarim himoyachi "Boku Xuniors"ga qaytmoqchi.
Argentinalik yarim himoyachi Ever Banega Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubi bilan shartnomasini bekor qilish istagida, deb xabar bermoqda "D Sports Radio".
Xabar qilinishicha, 35 yoshli faxriy o'zining jonajon jamoasi "Boka Xuniors"ga qaytishga tayyor. Uning "Al SHabab" bilan kelishuvi joriy mavsum oxirigacha amal qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Ever Banega Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi safida 150 dan ortiq o'yin o'tkazgan va u bilan uch marta Evropa Ligasida g'olib bo'lgan. Yarim himoyachi Ispaniyaning "Valensiya" va "Atletiko", Italiyaning "Inter" klublarida o'ynagan. Bundan tashqari, Banega Argentina terma jamoasi safida 65 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va u bilan 2 marta Amerika Kubogi finaliga chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar