Bahrom Haydarov: "Maydon holatini hisobga olsak, kombinacion o'yin namoyish etish qiyin edi"
21 noy 17:18
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Maydon holatini hisobga olsak, kombinacion o'yin namoyish etish qiyin edi"
Pro liga 27-turidan o'rin egallagan "Do'stlik" – "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan keyin qo'qonliklar ustozi Bahrom Haydarov fikrlarini bildirdi.
"Maydon holatini hisobga olsak, kombinacion o'yin namoyish etish qiyin edi. Kim ko'proq uzun paslar bilan o'ynasa va yakkakurashlarga etibor qaratsa, o'sha jamoa g'olib chiqishini taxmin qilgandik.
Birinchi bo'limda ustun ko'ringan bo'lsak-da, lekin o'yindan qoniqmadim. Yigitlarni uchrashuvga tayyorlash qiyin bo'ldi. Ayniqsa, "Do'stlik" oxirgi o'rinda bo'lgani uchun. Bu narsa o'yinda salbiy tasirini ko'rsatdi.
Tanaffusda bolalar bilan gaplashib oldik va ular ikkinchi bo'limda o'zlariga kelishdi. O'ylaymanki, natija o'yinga mos bo'ldi", – dedi Haydarov.
Fikrlar