So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Bahrom Haydarov: "30 soniyada barchasi o'zgarib ketdi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "30 soniyada barchasi o'zgarib ketdi"

Superliganing 9-turida OKMKga qarshi o'yindan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Yutqazgan o'yinni taxlil qilib, keyin gapirish kerak. O'yin davomida tashabbus OKMK tomonda edi, biz esa ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqayotgandik. Bunday jamoaga qarshi himoyalanish qiyin. Vaziyatlar yaratishning uddasidan chiqdik. Reja qilingan hujumlarni uyushtirib, buni golga ham aylantirdik. Futbolchilarim bugun juda katta mehnat qilishdi, ular o'yinga past nazar bilan qarashmadi, bor kuchini berib o'ynadi. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda ham himoyadagi qo'pol xato sababli gol o'tkazib yuborgandik. Bunday holatlar futbolchining o'yinga ruhiy tayyor emasligi yoki xatolari ustida ishlamayotganligini anglatadi. Biroq faqatgina bir vaziyat haqida gapirish yaxshi emas. Hisob 1:0 paytida biz yaxshi qarshi hujumga ega bo'lgandik. Hisobni 2:0ga etkazganimizda bu erda hozir umuman boshqacha fikrlar, boshqacha natija bo'lardi. Futbol shunaqa, 30 soniya ichida o'yin, jamoa haqidagi fikrlar o'zgarib ketdi. Bu tabiiy holat. Bu biz, murabbiylar shtabi, futbolchilarga foydali bo'lishi mumkin. Shu orqali futbolchilar o'z xatolarini ko'rishi, o'zlariga bo'lgan fikrlarini o'zgarishiga turtki bo'ladi. O'z uyimizda yutqazdik, garchi birinchi o'rindagi jamoaga mag'lub bo'lgan bo'lsak ham bu alamli bo'ldi. Chunki bugun yutishimiz ham mumkin edi.

- Bugun Egor Kondratyuk va Iqbol malikjonovning zaxirada qoldirilgani barchani hayron qoldirdi. Ularning jarohati bormidi?

- Yo'q, unday muammolar yo'q edi. U kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda Jasur Xolto'raevning o'rniga maydonga tushganida yanada foydali futbolchi ekanligini ko'rdik. Shu sababli biz shunday qarorga kelgandik. Iqbol Malikjonovga kelsak, u uchta o'yinda qatnashmadi. Jamoada raqobat juda katta. O'tgan o'yinlarda uning nuqtasida o'ynagan futbolchilarni olib tashlash adolatsizlik bo'lardi. Chunki ular ham yaxshi o'yin namoyish qilishgandi. Natija bo'lmaganidan keyin Iqbol Malikjonov yoki Shota Gvazava bo'lganida boshqacha bo'lishi mumkin edi deyishi mumkin. 30 soniyada barchasi o'zgarib ketdi. Hozir jamoada kim o'yinga tayyor bo'lsa, o'shani maydonga tushiryapmiz. Barchasi raqobat sabab.

- Asliddin Toshtemirovning jarohati qanday? U "Nasaf"ga qarshi o'ynaydimi?

- Hozirni o'zida aniq gap aytish qiyin. U oyoq mushaklarini tortib oldi. Ertaga uni tibbiy ko'rikdan o'tkazamiz va barchasi aniq bo'ladi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика