So’nggi yangiliklar

17:10Мареска ишдан бўшатилди  0 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3

Bahodir Ahmedov: "Guruhda favorit O'zbekiston. Lekin hammasini o'yinlarimiz ko'rsatadi" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Guruhda favorit O'zbekiston. Lekin hammasini o'yinlarimiz ko'rsatadi"

O'zbekiston futzal terma jamoasi yaqinda bo'lib o'tgan qura tashlash marosimida Osiyo chempionatidagi raqiblarini bilib oldi.

Biz bu borada terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik. 


Futzal. 27 sentyabrda boshlanadigan Osiyo Kubogiga qura tashlandi. O'zbekiston Tojikiston va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy oldi


"Qura natijalarini yomon demagan bo'lardim. Hozirda Osiyoda kuchsiz raqib yo'q. Barcha jamoa o'ziga yarasha kuchga ega.  Guruhimizdagi Turkmaniston, Tojikiston ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Osiyo chempionatida kutilmagan vaziyatlar, natijalar ro'y berishi mumkin. Bunga avval ham guvoh bo'lganmiz. SHunday ekan, har bir o'yinga jiddiy qarash kerak. Guruhda bizni favorit sifatida ko'rsatishmoqda. Lekin hammasini o'yinlarimiz ko'rsatadi. 

O'zbekiston kubogi uchrashuvlari yakunlangach yigitlarga biroz dam berib, tayyorgarlikni boshlaymiz. O'rtoqlik uchrashuvlariga raqiblar gaplashilyapti. Bilasiz, yozda bu jarayon qishga nisbatan qiyinroq. CHunki bu paytda ko'pchilik dam oladi. FIFA kunlari bo'lmaydi. 

Quvayt, Tailand terma jamoalarini ham kuzatmoqdamiz. O'zimizning, ularning yangi o'yinlarini ko'rib tahlil qilamiz. Unumaslik kerakki, futzalda hamma narsa bo'lishi mumkin",- deydi Bahodir Ahmedov

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha 17-Osiyo Kubogi 27 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Kuvaytda bo'lib o'tadi. O'zbekiston "B" guruhida Bahrayn hamda qo'shni davlatlar Tojikiston va Turkmaniston bilan kuch sinashadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика