Azizbek To'lqinbekov: "Hammasi endi boshlandi, hissiyotlarga berilishga erta"
23 sen 2024 18:21
Yangiliklar
Azizbek To'lqinbekov: "Hammasi endi boshlandi, hissiyotlarga berilishga erta"
Gollarga boy o'tgan o'yinda terma jamoamiz Kambodjani 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuv qahramonlaridan biri Azizbek To'lqinbekov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Saralashdagi birinchi o'yin juda yaxshi o'tdi deya olaman. Dastlabki daqiqalarda moslashish biroz qiyin bo'ldi, lekin buni engib o'tdik. Hissiyotlarga berilishga hali erta, chunki endi boshladik. Hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Albatta, har bir o'yinga jiddiy etibor beramiz.
Raqiblarga men baho berishim noto'g'ri bo'ladi. Biz raqib darajasiga qarab o'ynamaymiz. Saralashdagi hamma o'yin muhim. Maqsadimiz – birinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda keyingi bosqichga chiqish", – deydi Azizbek To'lqinbekov.
Malumot uchun, vakillarimiz navbatdagi uchrashuvini 25 sentyabr kuni Nepalga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar