So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Aziz Ibragimov: “Menga Eron chempionati maqul keldi” Yangiliklar

Aziz Ibragimov: “Menga Eron chempionati maqul keldi”

O'z vaqtida Slovakiya, CHexiya va Xitoy klublarida o'ynagan o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov shu yilning fevral oyida Eronning “Mashina Sozi” klubi bilan shartnoma tuzgandi.

Afsuski klubning ishlari yaxshi ketayotgani yo'q. Jamoa Eron chempionatining oxirgi pog'onasida bormoqda. Biz Ibragimov bilan bog'lanib qisqa intervyu oldik.

- Fevral oyidan buyon Eronda o'ynayapsiz. Fors chempionatidan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Eron pro-ligasi Osiyoda kuchli chempionatlar qatoriga kiradi. Taassurotlarim ajoyib. To'g'risi bu erda futbolni bunchalik yaxshi ko'rishadi deb o'ylamagan edim. Bu erning odamlari faqat futbol bilan yashashar ekan.

- Eron chempionatidagi qaysi jihatlar O'zbekiston oliy ligasida ham bo'lishini istardingiz?

- Bu erda jamoalar asosan tezkor futbol o'ynashadi. Uchrashuvlar yakkakurashlarga boy o'tadi. SHuning evaziga ham klublar kam gol o'tkazishadi va kam gol urishadi. Ko'plab klublar maydonga birinchi navbatda gol o'tkazmaslik uchun tushishadi.


- Eronlik muxlislar haqida qanday fikr bildirasiz?
- O'zingiz ham bilsangiz kerak Eron chempionati bahslariga minglab odamlar tashrif buyurishadi. Ayniqsa derbilarda stadionlar to'lib-toshadi. Muxlislar hayqirig'i ostida o'ynash futbolchilarga ham qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Futbol avvalo shu muxlislar uchun o'ynaladi.

- Eron mamlakatida siz nimaga ko'nika olmadingiz?

- Bu erda mashinalar juda ko'p ekan. Doim tirbandliklar vujudga kelishi asosiy muammolardan biri. Qolgan jihatlarga ko'nikib ketdim.

- Demak klub alohida mashina berganmi?

- Yo'q, mashina bermagan. Lekin klub haydovchisi meni mashg'ulotlarga olib boradi va olib keladi. SHunda tirbandliklarda ancha vaqt qolib ketamiz.

- Klub alohida uy berganmi yoki mehmonxonada istiqomat qilayapsizmi?

- Hozircha mehmonxonada yashayapman.


- Eronda futbol matbuoti qanday ishlar ekan?
- Matbuot yaxshi ish olib boradi. CHempionat o'yinlari turli kanallarda namoyish etiladi. Har kuni Eron terma jamoasi, Eron chempionati va Evropa futbolini tahlil qilishadi. Futbolga oid turli gazeta va jurnallar ham ko'p ekan.

- Matbuot hamda muxlislar Eron terma jamoasini Jahon chempionatiga chiqib bo'ldi deb hisoblayaptimi?

- Ha shunday. Sababi Eron ayni paytda juda yaxshi holatda va o'z maydonida ikkita o'yin o'tkazadi. Bitta g'alaba ularni mundialga olib chiqadi.

- “Mashina Sozi” oliy ligada qolish uchun imkoniyati qanday?

- To'g'risi buni bajarish juda ham qiyin. Ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Oxirigacha kurashamiz. Lekin negadir mahalliy futbolchilar etarli istaksiz maydonga tushishmoqda.


- Agar klub oliy ligani tark etsa jamoada qolasizmi?
- Klub bilan shartnomam mavsum oxirida tugaydi. Hozircha keyingi taqdirim malum emas. Lekin menimcha agar “Mashina Sozi” oliy ligani tark etsa legionerlarni o'z safida olib qolmasa kerak. Ammo o'zim Eronga qolishga harakat qilaman.

- Bundan kelib chiqadi Eronni boshqa klublaridan qiziqish bormi?

- Bor lekin, hozircha og'izaki qiziqish bor xolos. Menga Eron mamlakati va chempionati maqul keldi. Mavsum tugashini kutamiz va barchasi shundan keyin malum bo'ladi. Hozirgi maqsadim “Mashina Sozi” bilan chempionatni imkon qadar yuqoriroqda yakunlash.

- Eronda o'ynayotgan Server Jeparov bilan ko'rishib turasizmi?

- Boshqa-boshqa shaharlarda yashaymiz. SHu bois faqat bir marta o'zaro o'ynaganimizda ko'rishdik xolos. Biroq telefon orqali gaplashib turamiz.


- Eronda mahalliy futbolchilar bo'sh vaqtini qanday o'tkazishar ekan?
- Xuddi bizda bo'lgani kabi ko'pchilik futbolchilar oila davrasida xordiq chiqarishar ekan.

- Yozda Eron - O'zbekiston uchrashuvi bo'ladi. Nimaning evaziga O'zbekiston g'alaba qozonishi mumkin deb o'ylaysiz?

- Juda ham muhim o'yin bo'ladi. Ikkala jamoa uchun ham. Eron yutsa to'g'ridan-to'g'ri Rossiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi. O'zbekiston g'alaba qozonsa ikkinchi o'rin uchun imkoniyatini yaxshilab oladi. Eron terma jamoasi yaxshi himoyalanadi, lekin hujum qilishda oqsaydi. SHu bois ko'plab o'yinlarda Keyrush shogirdlari qarshi hujumda o'ynashadi. Fursatdan foydalanib O'zbekiston milliy terma jamoasiga mazkur o'yinda ham, keyin bahslarda ham omad tilayman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика