Aziz Amonov: "Osiyo Kubogida maydonga tushmadim? Biz maydonga tushsak ham, tushmasak ham bir jamoamiz. Asosiysi – jamoa g'alabasi"
18 mar 2024 17:59
Yangiliklar
Aziz Amonov: "Osiyo Kubogida maydonga tushmadim? Biz maydonga tushsak ham, tushmasak ham bir jamoamiz. Asosiysi – jamoa g'alabasi"
Terma jamoa azolari Toshkentda yig'inga kirishishdi. Bugungi mashg'ulot avvalida "Xorfakkan" futbolchisi Aziz Amonovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
- Barchani Ramazon oyi bilan tabriklayman. Terma jamoaga chaqirilganimdan xursandman. Har bir o'yinga jiddiy qaraymiz. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Gonkong O'zbekiston uchun qanday raqib?
- Hozir barcha futbol o'ynashni o'rganib olgan. Agar jiddiy tayyorgarlik ko'rmasangiz, ishtiyoq bo'lmasa, istalgan jamoa sizni yutib qo'yishi mumkin. SHu bois jiddiy hozirlik olib boramiz va bor kuchimizni ishga solamiz.

- Osiyo Kubogi vaqtida siz va Bobir Abdixoliqov maydonga tushirilmadingiz. Xafa bo'lish holati bo'lmadimi?
- Biz maydonga tushsak ham, tushmasak ham bir jamoamiz. Asosiysi – jamoa g'alabasi. Kimni maydonga tushirishni bosh murabbiy hal qiladi. Biz professionalmiz. Qancha imkoniyat bersa, foydalanishga tayyormiz.
- Hozir Ramazon oyida futbolchilarga qiyin bo'lmayaptimi?
- Birinchi yil emas-ku. Hammasi yaxshi.
- O'zbekiston Gonkongni qog'ozda yutib bo'lgan. Tarkib jihatdan ham ulardan ustunmiz. Ushbu omil futbolchilarga qanchalik tasir qiladi?
- Biz ustunmiz, lekin o'yin hali boshlangani yo'q. Futbolda o'yingacha ustunlik sizda bo'ladi. Maydonda barchada imkoniyat tenglashadi. Hozirgi futbolda ishtiyoq bo'lmasa, istalgan raqib bir-birini mag'lub etishga qodir.
VIDEO. O'zbekiston MTJning bugungi mashg'ulotidan ajoyib video
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar