So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Azar "Real"da, Grizmann "Barsa"da, Feliks "Atletiko"da. Ispaniya chempionati yangi mavsum anonsi Yangiliklar

Azar "Real"da, Grizmann "Barsa"da, Feliks "Atletiko"da. Ispaniya chempionati yangi mavsum anonsi

Barchamiz orziqib kutgan shiddatli, tezkor va jozibali Evrofutbolning yangi mavsumi boshlandi, boshlanmoqda.

Biz doimiy ravishda kuzatadigan, havas qiladigan va shunchaki, zavq oladiganimiz bazi chempionatlar avgust oyining dastlabki 10 kunligida start olgandi.

Endi esa Piriney yarim oroliga ham katta futbol shukuhi kirib kelmoqda. CHunki, bugun, 16 avgust kuni soat millari yarim tunga ishora qilib bong urar lahzada Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi boshlanadi. Xudo xohlasa, siz bilan deyarli bir yil mobaynida 1929 yilda asos solingan mazkur birinchilikning 89-mavsumini kuzatib boramiz.

Yangi mavsum bizga nimalarni vada qilmoqda?
Yakunlangan va boshlanajak futbol mavsumi oralig'ida yana bir mavsum borki, unda jamoalar eski mavsumdan xulosa qilgani holda harakatlanadilar, yangi mavsum maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda sarmoya kiritadilar. Payqaganingizdek yozgi transferlar oynasi yoki mavsumi haqida gap bormoqda. SHu oraliqda amalga oshirilgan sotuv yoki xaridlar jamoaning kelasi mavsum(lar) dagi taqdirini bevosita hal qilib qo'yishi mumkin. SHuni inobatga olgan ispan klublari transfer bozorini «qizdirib turdi» va eng etiborli shartnomalar mazkur mamlakat jamoalari ishtirokida imzolandi. Jumladan, yangi futbol mavsumi qanday ko'rinish olishini taminlaydigan bir nechta transferlarga to'xtalib o'tamiz:

Antuan Grizmann. «Kichik shahzoda» endi «Kichkina qirol» bilan bir jamoada. Grizmann transferi shunisi bilan ahamiyatliki, u birvarakayiga La Liganing ikki etakchi klubi taqdiriga aloqador bo'ldi. «Atletiko» kuchsizlanishi barobarida, «Barselona»dagi «daxshatli» hujum chizig'ini yanada «vahshiylashtirgani» va jamoaga Messidan keyin etakchilikni o'z qo'liga olib, jamoani ergashtira biladigan figurani taqdim etgani bilan ahamiyatlidir. «Barselona» francuz uchun 120 million evro sarfladi. Bundan tashqari, «ko'k-anor ranglilar» maydon markazini Frenki de Yong bilan mustahkamlab olishdi.

Jamoa transferlar uchun umumiy hisobda 255 million evro sarfladi. Sotuvlar ortidan esa 146,40 million evro ishlab oldi. «Barselona» ichki chempionatdagi gegemoniyasini davom ettirish yo'lida katta qadam tashladi.



Eden Azar. Belgiyalik futbolchi nihoyat o'z orzusiga erishdi. Oxirgi mavsum «Real» va Azar bir-biriga naqadar muhtojligini ko'rsatib qo'ydi. Ronaldu ketgach, uning o'rni munosib nomzod taklif etilmasligi oqibatida jamoa inqirozli bir yilni boshdan kechirdi. Taqdir Azarga shunday inom taqdim qildiki, u «Real»ni inqirozdan olib chiqish barobarida jamoa uchun yangi davrni boshlab berishi mumkin. Zidan klubga butkul yangicha o'yin uslubini tadbiq qilayotgan mahalda jamoada Azarning o'rni bo'lakcha. U taqdir inomidan qanday foydalana oladi buni vaqt ko'rsatadi. Ehtimolki, jamoa afsonasiga aylanar. Xatto, Serxio Ramosdan keyin «Qirollik klubi»ning «qiroli»ga ham aylanishi ham mumkin. Hammasi futbolchining o'ziga bog'liq.

«Real» transferlar uchun jami 305,5 million evro sarfladi. 4 nafar futbolchisini esa boshqa klublarga 115 million evro evaziga «pullab yubordi».



Joau Feliks. Katta ehtimol bilan, Ronaldu o'zi Figudan qabul qilib olgan terma jamoadagi etakchilik vazifasini mana shu yigitchaga topshirib ketadi. Zero, bir yil oldin hech kimga tanish bo'lmagan Joau katta futbolga po'rtana misol kirib kelib, 20 yoshida 126 million evroga baholandi. Mavsumlar oralig'idagi uchrashuvlardan xulosa qilsak, butunlay yangilangan «matraschilar» jamoasi oldingidan ham mazmunliroq o'yin namoyish etishga qodir. Jamoani tark etgan Godinu Grizmannlar o'rni yangi mavsumda umuman bilinmasligi ham mumkin.

«Atletiko» esa transferlar uchun 243,5 million evro sarflab, 311,1 million evrolik sotuvlarni amalga oshirdi.



Bunday katta xaridlar fonida ko'pchilik yana bir foydali transferni nazardan qochirdi. O'tgan mavsumda bir nechta ajoyib uchrashuvlar o'tkazgan, ammo barqarorlik etishmagan «Betis» klubi 11-o'rinni egallagandi. «Lion»ning sobiq etakchisi Nabil Fekir yangi mavsumni ushbu jamoa tarkibida o'tkazadi. Mazkur xarid jamoa o'yiniga barqarorlik qo'shish barobarida «Real Betis»ni «Sevilya» va «Valensiya»lar kabi «ikkinchi to'lqin» jamoasiga aylantirishi mumkin.

Yanada kuchaygan «Barselona»ga yangilangan «Atletiko» va yangi taktika ostida o'ynayotgan «Real» qarshilik ko'rsata oladimi? Aks holda, «Barsa» oxirgi 12 yilda 9-chempionligini tantana qilishi mumkin.



Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bizni oldinda kutilmagan voqealarga boy, shiddatli futbol mavsumi kutib turibdi. Unda sodir bo'ladigan barcha qiziqali voqea va hodisalar, o'yinlar va turlar sharhini bizning saytimizda kuzatib boring. Biz siz uchun har doim eng yaxshisini ilinamiz.

Eslatma: Ispaniya chempionatiga bugun 00:00 da «Basklar o'lkasi»dagi «San-mames» o'yingohida o'tadigan «Atletik Bilbao» va «Barselona» ishtirokidagi o'yin bilan start beriladi.


Athletic Bilbao

Aritz Aduriz - 89'

LaLiga . 1-tur

17/08/2019, 00:00

0
:
1
Tugadi

Barcelona

Stadion: San Mames Barria, 47693 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
65'  Unai Nunez
66'  Oscar de Marcos (Oihan Sancet)
81'  Unai Lopez (Benat Etxebarria)
88'  Inaki Williams (Aritz Aduriz)
89'  Aritz Aduriz
89'  Ander Capa
37'  Luis Suarez (Rafinha)
46'  Carles Alena (Ivan Rakitic)
60'  Gerard Pique
76'  Sergi Roberto (Carles Perez)



Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика