So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Ayollar o'rtasida OFK U-16 va U-19 OCH saralash o'yinlariga 17 iyun kuni qura tashlandi Yangiliklar

Ayollar o'rtasida OFK U-16 va U-19 OCH saralash o'yinlariga 17 iyun kuni qura tashlandi

17 iyun kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2015 yili o'tkaziladigan ayollar o'rtasidagi U-16 va U-19 Osiyo chempionati saralash bahslariga qura tashlandi.
U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bugun saralash bahslaridagi raqibalari nomini bilib oldi. Markaziy-Janubiy va G'arbiy Osiyo mintaqasidan o'rin olgan O'zbekiston saralashning B guruhida SHri-Lanka, Bahrayn, Falastin, Qirg'iziston va Tojikiston U-16 o'smir qizlariga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Saralash bahslariga 4-13 oktyabr kunlari SHri-Lanka mamlakati mezbonlik qiladi.

Saralash bahslari formatiga ko'ra, Markaziy-Janubiy va G'arbiy Osiyo mintaqasiga kiruvchi 12ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda saralash bahslarida ishtirok etishadi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri OCH final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. 2013 yili o'tkazilgan U-16 Osiyo CHempionatida dastlabki to'rt o'rinni egallagan terma jamoa (Yaponiya, KXDR, Xitoy, Tailand), 2015 yilgi Osiyo CHempionati final bosqichiga saralash o'yinlarisiz yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Ayollar o'rtasida U-19 OCH saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi ham 3-9 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan saralash bahslaridagi raqibalari nomini bilib oldi. Unga ko'ra, O'zbekiston U-19 yoshlari saralashning A guruhida Iordaniya, Hindiston va Livan yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Saralash o'yinlariga 5-9 noyabr kunlari Iordaniya mamlakati mezbonlik qiladi.

Saralash bahslari formatiga ko'ra, Markaziy-Janubiy va G'arbiy hamda SHarqiy mintaqaga kiruvchi jami 14 jamoa jami to'rt guruhga bo'lingan holda 1-saralash bosqichida ishtirok etadilar. Guruh g'oliblari OCH final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. 2013 yili o'tkazilgan U-19 Osiyo CHempionatida dastlabki to'rt o'rinni egallagan terma jamoa (Janubiy Koreya, KXDR, Xitoy, Yaponiya), 2015 yilgi Osiyo CHempionati final bosqichiga saralash o'yinlarisiz yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Malumot o'rnida, har ikkala yosh toifasidagi OCH-2015 final bosqichi o'yinlari mezbonlari OFK tomonidan keyinroq tasdiqlanadi.

U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH-2015, saralash bahslari.
4-13 oktyabr, SHri-Lanka.
B guruhi.

SHri-Lanka
O'zbekiston
Bahrayn
Qirg'iziston
Tojikiston


U-19 qizlar o'rtasidagi OCH-2015, saralash bahslari.
5-9 noyabr, Iordaniya.
A guruhi.

Iordaniya
O'zbekiston
Hindiston
Livan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика