So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Ayman Hussayn dahshatli mag'lubiyatdan so'ng: "Butun dunyoning ko'z o'ngida orzularimizni o'g'irlashdi" Yangiliklar

Ayman Hussayn dahshatli mag'lubiyatdan so'ng: "Butun dunyoning ko'z o'ngida orzularimizni o'g'irlashdi"

Osiyo kubogining ayni damdagi to'purari Iordaniyaga qarshi o'yindagi holatdan keyin o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.

Osiyo kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Iroq - Iordaniya (2:3) o'rtasidagi o'yindan so'ng, uchrashuv antiqahramoni Ayman Hussayn o'zining instagram sahifasida vaziyatga izoh berdi. Eslatib o'tamiz, Ayman Hussayn Iordaniya terma jamoasi darvozasiga urilgan golni keragidan ortiq nishonlab yuborgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatilgandi.

"Nima yuz berganini tushunolmay qoldim. Musobaqa bilan xayrlashish onlari juda qiyin bo'ldi. Biz bunday yakun bo'lishini xohlamagandik. Maqsadimiz juda yuqori edi, ancha uzoqqa borishni maqsad qilgandik. Ular butun dunyoning ko'z o'ngida orzularimizni o'g'irlashdi. Iroqlik barcha muxlislardan uzr so'rayman. Dohada biz bilan bo'lgan va termamizni qo'llab-quvvatlaganlar oldida kechirim so'rayman. CHunki biz quvonchingiz to'liq bo'lishini taminlay olmadik", -deb yozadi Ayman Hussayn o'zining instagram sahifasida.

Malumot uchun, Iordaniyaga qarshi bahsda aynan Hussaynning qizil kartochkasidan so'ng kamchilik bo'lib qolgan Iroq terma jamoasi qo'shib berilgan daqiqalarda ikkita gol o'tkazib, dahshatli tarzda mag'lubiyatga uchragandi. 

Jurnalistlar matbuot anjumanida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyiga hujum qilishdi

Osiyo kubogi to'purari Ayman Huscayn gol nishonlash sabab maydondan chetlatildi. Nega?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика