“Ayaks” murabbiyi: “Messi eng yaxshi o'yinlarini Gvardiola qo'l ostida namoyish eta olgan”
09 may 2020 01:54
Yangiliklar
“Ayaks” murabbiyi: “Messi eng yaxshi o'yinlarini Gvardiola qo'l ostida namoyish eta olgan”
Amsterdamning “Ayaks” klubi bosh murabbiyi Erik ten Xagning aytishicha, Messining faoliyatidagi eng yaxshi davr – bu “Barselona”ni Gvardiola boshqargan paytda bo'lgan ekan.
“Gvardiola vaqtida Messi “Barselona”da etakchi futbolchilardan biri edi, ammo u jamoa va natija uchun harakat qilardi. U Gvardiola paytidagidek hech qachon yaxshi holatda bo'lmagan.
Ayni paytda “Barsa”da hamma Leo uchun o'ynaydi. SHu sabab so'nggi yillarda ko'k-anorranglilar ECHLda muvaffaqiyatga erisha olishmadi.
SHunga qaramay Messi hozir boshqalardan ancha ustun. Biroq Gvardiola davrida u hozirgidek passiv o'yin ko'rsatmasdi”, deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Voetbal International.
Gvardiola 2008-2012 yillarda “Barselona”ni boshqargan. 49 yoshli murabbiy ayni paytda “Manchester Siti” bosh murabbiy hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar