So’nggi yangiliklar

14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  0 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  4 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4

Avstraliya termasi himoyachisi O'zbekistonni mag'lub qilish yo'lini topishga vada berdi! Yangiliklar

Avstraliya termasi himoyachisi O'zbekistonni mag'lub qilish yo'lini topishga vada berdi!

Osiyo kubogi uchinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.

Avstraliya terma jamoasi himoyachisi Kemeron Burgess O'zbekistonga qarshi o'yindan oldin bergan intervyusida jamoa uchinchi turda ham g'alaba qozonish yo'llarini topa olishiga amin ekanligini aytdi.

"Osiyo kubogiga har bir o'yinda g'olib bo'lish uchun kelganmiz. Birorta o'yinda oson bo'lmasligi aniq. O'zbekistonga qarshi o'yinda g'alaba qozonish yo'lini albatta topamiz. Guruhda birinchi o'rinni egallash jamoaga ishonch bag'ishlaydi.

Raqibning kuchli jihatlariga etibor qaratishimiz kerak. O'zbekiston ham guruhda birinchi o'rinni egallashga intiladi. SHunday ekan, o'yin qiziq bo'lishi aniq. 

O'zbekistonga qarshi oson bo'lmaydi, chunki bu turnirda barcha o'zining bor kuchini ishga solmoqda. Dastlabki, ikki turda juda ham juda qiyin bo'ldi. Bu esa har doim ham to'rtta yoki beshta gol ura olmasligimizni anglatadi, ammo g'alaba qozonish birinchi o'rinda bo'ladi. Menimcha, oxirgi ikkita o'yinda shu narsani ko'rdik. 

Suriya va Hindistonga qarshi o'yinda biz xotirjamlik bilan o'z o'yinimizni ko'rsatdik. Bu jamoada ekanimdan mamnunman", -deydi Kemeron Burgess.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Avstraliya o'rtasidagi Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan muhim uchrashuv 23 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi. Bu o'yindagi g'alaba O'zbekiston terma jamoasiga guruhda birinchi o'rinni taqdim etadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика