Avstraliya terma jamoasi ustozi: “O'yining bu tarzda yakunlanishini futbolchilarning ruhiyatiga yomon tasir qiladi”
03 fev 2024 09:07
Yangiliklar
Avstraliya terma jamoasi ustozi: “O'yining bu tarzda yakunlanishini futbolchilarning ruhiyatiga yomon tasir qiladi”
“O'yining bu tarzda yakunlanshini futbolchilarning ruxiyatiga yomon tasir qiladi. Biz gol o'tkazib yuborgunga qadar 90 daqiqa davomida yaxshi harakat qildik. Koreya Respublikasi futbolchilarining darajasi evaziga g'alabani ilib ketishdi. Ular hech qachon taslim bo'lishmaydi va oxirgacha kurashishadi. Jamoada APLning nomdor jamoalaridan kelgan futbolchilar bor.
Penalti. Miller ataylab qilmadi. U bugungi mag'lubiyat uchun aybdor emas. Men uni bag'rimga bosdim va bu futbol ekanligini gapirdim. Biz oldinga intilishda davom etishimiz kerak”, — dedi Grem Arnold.
Eslatib o'tamiz, Avstraliya — Koreya Respublikasi o'rtasidagi uchrashuvning 42-daqiqasida “kengurular” hisobni ochdi. Biroq 90-daqiqaga qo'shib berilgan daqiqalarda raqib penaltidan unumli foydalandi va uchrashuvni qo'shimcha daqiqalarga olib chiqdi. Qo'shimcha bo'limlarda esa koreyaliklar g'alabani ilib ketishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar